Jurnalistika yutuqlarini ommalaştiriş hamda rağbatlantiriş, ommaviy axborot vositalari xodimlarining mehnatlarini munosib taqdirlaş maqsadida "Oltin qalam" XIV milliy mukofoti uçun xalqaro tanlovga start berildi. Bu haqda Jurnalistlar ijodiy uyuşmasi xabar berdi.
Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi va Jurnalistlarni qayta tayyorlaş markazi qator taşkilotlar bilan hamkorlikda an'anaviy tarzda ötkaziladigan mazkur tanlovga 2018 yil 31 martidan 2019 yil 31 martiga qadar bir yil davomida gazeta va jurnallarda çop etilgan, radio va televideniyeda efirga uzatilgan hamda Internet naşrlarida e'lon qilingan materiallar 2019 yilning 15 aprel sanasigaça qabul qilinadi.
Tanlov ğoliblari quyidagi yönalişlarda taqdirlanadilar:
- Jurnalistika sohasida boş milliy mukofot
Ğolib maxsus diplom, “Oltin qalam” kökrak nişoni, statuetkasi va Özbekiston Respublikasida belgilangan eng kam iş haqining 200 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Asosiy mukofotlar:
Eng yaxşi jurnalistik material uçun milliy mukofot (televideniye – 1-, 2-, 3-örinlar);
Eng yaxşi jurnalistik material uçun milliy mukofot (radio – 1-, 2-, 3-örinlar);
Eng yaxşi jurnalistik material uçun milliy mukofot (bosma ommaviy axborot vositalari – 1-, 2-, 3-örinlar);
Eng yaxşi jurnalistik material uçun milliy mukofot (Internet-jurnalistika – 1-, 2-, 3-örinlar).
Birinçi örinni olgan ğoliblar diplom, “Oltin qalam” kökrak nişoni, statuetkasi va eng kam iş haqining 160 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanişadi.
Ikkinçi örinni olgan ğoliblar diplom, “Oltin qalam” kökrak nişoni, statuetkasi va eng kam iş haqining 140 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanişadi.
Uçinçi örinni olgan ğoliblar diplom, “Oltin qalam” kökrak nişoni, statuetkasi va eng kam iş haqining 120 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanişadi.
Rağbatlantiruvçi mukofotlar uçun nominatsiyalar:
Inson huquqlar mavzusi yoritilgan eng yaxşi material uçun;
Çet ellik jurnalistning Özbekiston haqidagi eng yaxşi materiali uçun;












