Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida 4 aprel kuni 2019 yilning birinçi çoragi yakunlari böyiça Davlat budjetiga tuşumlar va eksport prognozlari ijrosi natijadorligi hamda birinçi yarim yillik uçun belgilangan körsatkiçlarning sözsiz bajarilişini ta'minlaş yuzasidan videoselektor yiğilişi bölib ötdi.

Yiğilişda Savdo-sanoat palatasi, Biznes-ombudsman hokimliklar bilan birgalikda faoliyatini töxtatgan tadbirkorlar bilan uçraşuvlar ötkaziş va ularga faoliyatini tiklaşga kömak beriş grafigini tasdiqlab, ijrosini ta'minlaş topşirildi.

«Körinib turibdiki, joylarda hali ham mavjud imkoniyatlardan töliq foydalaniş çoralari körilmayapti», degan prezident.

Dastlabki hisob-kitoblarga köra, yuqorida ta'kidlab ötilgan muammolar öz vaqtida bartaraf qilinsa, yil oxiriga qadar budjetga qöşimça kamida 6 trillion söm tuşişini ta'minlaş mumkin.

Jumladan, joriy yilning ikkinçi çoragida Buxoro, Navoiy, Toşkent viloyatlari va Toşkent şahrida 200 milliard sömdan, Qaşqadaryoda 170 milliard söm, Andijonda 140 milliard söm, Qoraqalpoğistonda 130 milliard, Farğonada 100 milliard, Samarqand va Namanganda 80 milliard sömdan, Jizzax, Surxondaryo, Sirdaryo va Xorazmda 60 milliard sömdan, jami qariyb 2 trillion söm budjetga qöşimça mablağ tuşiriş imkoniyati mavjud.

Şu bilan birga yiğilişda mamlakatimizning eksport salohiyatini oşirişga qaratilgan çoralar muhokama qilindi.

Bu borada ikkinçi çorakda ötgan çorakka nisbatan 1,1 milliard dollarga köp eksportni amalga oşiriş vazifasi turganligi ta'kidlandi.

«Aprel-iyun oylarida hokimliklar birinçi çorakka nisbatan 3 barobar köp meva-sabzavot mahsulotlari eksportini ta'minlaşi zarur», deya ta'kidlagan prezident.

Davlat rahbari bu borada ayrim soha va tarmoq mutasaddilar va hudud rahbarlarini mavjud imkoniyatlar töliq işga solinmayotgani uçun keskin tanqid qildi. 

Eksportbop mahsulotlar böyiça qanday ustunlik jihatlarimiz mavjud, qaysi hududda qanday mahsulot yetiştiriş va qayerga eksport qiliş böyiça qisqa muddatlarda amaliy takliflar işlab çiqiş topşiriği berildi.

Eksport qilinayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylaştiriş, tovarlar uçun nazorat idoralaridan ruxsat olişni soddalaştiriş böyiça qator vazifalar turibdi. Misol uçun, mamlakatimizda eksport hujjatlarini rasmiylaştiriş 96 soat vaqt olsa, xorijda bunga 12 soatu 20 daqiqa ketadi, xolos.

Eksport uçun ruxsatnomalar berişda «Yagona darça» tizimi töliq işga tuşmagani oqibatida tadbirkorlar öz mahsulotini eksport qilişga ruxsat oliş uçun kamida 10ta idoraga borişi lozim.

Şu sababli Vazirlar Mahkamasiga eksport-import operatsiyalariga ruxsat beruvçi idoralarni jalb qilgan holda taşqi faoliyat bilan boğliq davlat xizmatlarini qamrab oluvçi «Yagona darça» tizimini joriy etiş topşirildi.

Davlat bojxona qömitasiga yalpi pişiqçilik davrida bojxona postlarining ötkazuvçanligini oşiriş va tirbandlikka yöl qöymaslik uçun tegişli çoralar köriş vazifasi yuklatildi.

Prezident eksportbop qişloq xöjaligi ekinlarini joylaştiriş va mahsulot yetiştirişning prognoz hajmlari ijrosini töliq ta'minlaş lozimligini alohida ta'kidladi.

Bu borada eksport bozorlarida mamlakatimiz örnini mustahkamlaş maqsadida meva-sabzavotçilikka ixtisoslaşgan Ğallaorol, Zomin, Bulunğur, Urgut, Qibray, Parkent, Oltiariq tumanlari va Quvasoy şahrida taşkil etilayotgan qişloq xöjaligi birlaşmalari faoliyatini samarali yölga qöyiş zarur.

Şuningdek, «Özdavkarantin» inspeksiyasiga gilos, örik, olça kabi bozori çaqqon mevalarni xorijiy bozorlarga faol kirib borişini ta'minlaş maqsadida, çet el karantin xizmatlari bilan özaro muhokamalar ötkazib, eksportçilar uçun qulay şaroitlarni yaratiş çoralarini köriş topşirildi.

Transport-logistika xarajatlarining yuqoriligi mamlakat eksport salohiyatini oşirişga salbiy ta'sir körsatayotgani ta'kidlandi. Uşbu masalani yeçimi yölida birinçi qadam sifatida joriy yil fevral oyida mamlakatga import qilinadigan vagonlar bojxona bojlaridan ozod qilindi.

Bu borada Transport vazirligiga meva-sabzavot mahsulotlari eksportini amalga oşirişda temir yöl transportining imkoniyatlaridan keng foydalaniş, «yagona darça» tamoyili asosida soddalaştirilgan mexanizmni joriy etiş yuklandi.

Bundan taşqari, yuk transporti parkini keskin oşiriş uçun işlab çiqarilganiga 4 yildan oşmagan transport vositalarini sotib oliş uçun kreditlaş tizimini joriy etiş böyiça taklif kiritişga topşiriq berildi. 

Yiğilişda har bir tarmoq va hudud rahbarining eksport tuşumlari barqaror va öz vaqtida kelib tuşişi uçun şaxsiy javobgarligi belgilab qöyildi.