Prezident yilning birinçi çoragi yakunlari böyiça Davlat budjetiga tuşumlar va eksport prognozlari ijrosi natijadorligi hamda birinçi yarim yillik uçun belgilangan körsatkiçlarning sözsiz bajarilişini ta'minlaş yuzasidan videoselektor davomida Surxondaryo viloyati böyiça ham gapirib ötdi.
«Surxondaryo viloyati hokimini nega işdan olib taşladim? Viloyatda tartib yöq, intizom yöq, şarmandalik.
Qonun hamma uçun bir, hokimga ham, militsiyaga ham, xizmat boşliği uçun ham. Qonun bor, jazo muqarrar», deya Prezidentning sözlarini keltiradi Kun.uz muxbiri.
Prezident Surxondaryo viloyatida 2 milliard söm miqdorida yer va mol-mulk soliği tölanmaganini qayd etib ötgan.
Viloyat hokimi vazifasini bajaruvçi Töra Bobolovga tegişli topşiriqlar berilgan.
Eslatib ötamiz, 2018 yilning yozidan buyon Surxondaryo viloyatiga rahbarlik qilib kelgan Bahodir Pölatov 1 aprel kuni boş vazir rahbarligida ötkazilgan yiğilişdan keyin lavozimdan ozod etildi.











