Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hududlarni kompleks rivojlantiriş böyiça olib borilayotgan işlar bilan tanişiş, yangi loyihalarni belgilaş maqsadida Surxondaryo viloyatiga taşrif buyuradi.
Kun.uz manbasi ma'lumot berişiça, taşrif şu kunlarda amalga oşirilişi kutilmoqda.
Eslatib ötamiz, 2018 yilning yozidan buyon Surxondaryo viloyatiga rahbarlik qilib kelgan Bahodir Pölatov 1 aprel kuni boş vazir rahbarligida ötkazilgan yiğilişdan keyin lavozimdan ozod etildi. Uning örniga viloyat hokimining birinçi örinbosari Töra Bobolov vaqtinça hokim sifatida tayinlangan.
Taşrif davomida viloyatning doimiy rahbari lavozimga tayinlanişi kutilmoqda.
Özbekiston prezidenti respublika hududlari böylab taşriflarining navbatdagi bosqiçini 2018 yilning 15-16 noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasiga taşrif buyuriş bilan boşlagandi. Prezident ötgan yilning 29-30 noyabr kunlarida Xorazm viloyatida ham bölgandi. 13-14 dekabr kunlarida esa Qaşqadaryo viloyatiga taşrif amalga oşirildi.
Şavkat Mirziyoyev joriy yil boşidan buyon Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Namangan, Navoiy va Buxoro











