Surxondaryo viloyati hokimi Bahodir Pölatov mahalliy aholi bilan xayrlaşdi.
U mahalliy aholiga qöllab-quvvatlov va yordam uçun minnatdorçilik bildirdi.
«Qadrli surxondaryoliklar! Xalqi mard va tanti, tuproği zar bu vohadagi faoliyatim davomida men bilan yelkama-yelka turib, birga işlagan, qöllab-quvvatlagan Siz azizlarga öz minnatdorçiligimni bildiraman. Sizlarga mustahkam soğliq, oilaviy baxt, tinçlik va xotirjamlik tilayman. Surxondaryo yanada gullab yaşnayversin!» - dedi u.
Rasmiy bayonot Surxondaryo viloyat hokimligining Telegram-kanalida e'lon qilindi.
Eslatib ötamiz, keça, 2 aprel kuni, Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi Bahodir Baxtiyaroviç Pölatov lavozimidan ozod etilgani xabar berilgandi.
Kun.uz manbasining xabar berişiça, 1 aprel kuni Özbekiston Respublikasi boş vaziri Abdulla Aripov Surxondaryo viloyatida yiğiliş ötkazgan va uşbu yiğiliş yakuniga köra B.Pölatov işdan olingan.
Ma'lum qilinişiça, viloyat hokimining sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiyalar va kommunal xöjalik masalalari böyiça birinçi örinbosari Töra Bobolov viloyat hokimi vazifasini vaqtinça bajaruvçi etib tayinlangan.











