Internet tarmoğida tarqagan 59 yoşli M.Yu.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 127-1 moddasi böyiça jinoiy iş qözğatilgani töğrisidagi ma'lumot haqiqatdan yiroq, deb xabar bermoqda Toşkent IIBB. 

Qayd etilişiça, odamiylik prinsipiga tayangan holda, şuningdek, tilançilik qilgani sababli qölga olingan 59 yoşli M.Yu.ning yoşini inobatga olib, Yunusobod tumani IIO FMB qoşidagi Tergov bölimi tomonidan jinoiy iş qözğatmaslik qarori qabul qilindi.  

Joriy yilning 28 yanvar kuni Yunusobod tumani ma'muriy sudi M.Yu.ni Özbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 188-3-moddasi 1-qismi böyiça aybdor deb topib, unga nisbatan EKIHning 0,5 miqdorida jarima tölaş jazosini qöllagan. 

1 aprel kuni M.Yu. yana Bodomzor köçasida joylaşgan masjid oldida tilançilik qilgani ma'lum bölgan. 

Bildirilişiça, M.Yu.ning turmuş örtoği va tört nafar voyaga yetgan farzandlari bor. Uning hamma yaqinlari işlaşadi va M.Yu.ni ta'minlaşdan boş tortişmaydi. Tilançilik esa uning xobbisiga aylanib ulgurgan ekan. 

Ayol va uning yaqinlari bilan jiddiy profilaktik suhbat ötkazildi, deyiladi xabarda.