Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boşqaruvi milliy agentligi (LBMA) qoşidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boşqariş markazi, Davlat axborot tizimlarini yaratiş va qöllab-quvvatlaş böyiça Yagona integrator va Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasi bilan hamkorlikda elektron hukumat tizimi doirasida «Nafaqa» dasturiy mahsulotining funksional imkoniyatlarini kengaytiriş yuzasidan işlar olib borilmoqda. Xususan, elektron hukumat tizimi doirasida idoralararo integratsiya platformasi bilan özaro hamkorlik yölga qöyilgan.
Yuqorida qayd etilgan elektron hamkorlikning yölga qöyilişi Respublika fuqarolariga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (Yagona portal) - my.gov.uz orqali pensiya bilan ta'minlanişiga doir yangi (100 foiz avtomatlaştirilgan) tranzaksion xizmatlardan foydalaniş imkonini beradi.
LBMA matbuot xizmatidan xabar berilişiça, quyidagi xizmatlar yölga qöyilmoqda:
- bola tuğilganda yoki dafn etiş marosimi uçun nafaqalar belgilanişi uçun elektron ariza beriş. Bunda arizaçiga belgilangan nafaqani oliş uçun öziga qulay bölgan Xalq banki bölimini tanlaş imkoniyati beriladi. Xizmat natijasida pensiya tayinlangan sana va uning miqdori töğrisidagi ma'lumotlarni oliş mumkin;
- pensiya töğrisida ma'lumot oliş. Xizmat natijasida pensiya miqdori, tayinlangan sanasi, tölov davri, iş staji, örtaça oylik iş haqi, pensiya turi (nafaqa), qayd qilingan va qayd qilinmagan iş davri, tanlangan muddat uçun tölovlar miqdori töğrisida ma'lumotlarni oliş mumkin;
Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boşqariş markazi barça sohalarda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etiş orqali aholi hamda tadbirkorlarning davlat organlari bilan özaro aloqasini butunlay yengillaştiriş va şaffofligini ta'minlaşga xizmat qiladi.











