Baxtiyor Anorqulov «Öztransgaz» kompaniyasi raisining moliya böyiça örinbosari vazifasini bajaruvçi lavozimidan ozod etildi.
«Anorqulov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Qayta taşkillaştiriş munosabati bilan «Özbekneftgaz» markaziy apparatiga ötkazildi», – deb ma'lum qildi kompaniya vakili.
Gazeta.uz ma'lumot berişiça, Anorqulovning lavozimidan çetlatilişiga «Lukoyl» oldidagi katta miqdordagi qarzdorlik sabab bölgan.
Avvalroq «Lukoyl»ning qazib oliş böyiça katta vitse-prezidenti Azat Şamsuarov Özbekiston 2018 yilda Rossiya kompaniyasi oldida 600 mln dollarga yaqin miqdorda qarzdor bölib qolganini xabar qilgandi.
Şamsuarov qarzdorlik mahsulotni bölişib oliş töğrisidagi kelişuvda qazib olingan gaz töliq eksport qilinişi közda tutilgan bölsa ham, Özbekiston qazib olingan gazning bir qismini içki bozorga olib qolgani sababli vujudga kelganini ma'lum qilgandi.











