7 aprelda Hongkong va Gollivudning maşhur aktyori, kaskadyor, jang san'ati ustasi Jyeki Chan 65 yoşga töldi. Biroq, körinişiça, yillar bu fenomenal odam uçun pisand emasdek. U hamon tetik, optimistik kayfiyatda va filmlardagi barça tryuklarni hanuzgaça özi bajarişni afzal köradi.
Chan 1954 yil 7 aprelda Hongkongda tuğilgan. Uning ota-onasi şunçalik kambağal bölganki, hattoki uni akuşerga sotib yubormoqçi bölişgan, biroq bu fikrlaridan qaytişgan.
Ma'lum vaqtdan keyin Jyekining ota-onasi AQŞning Avstraliyadagi elçixonasiga işga joylaşişga muvaffaq bölgan. Jyekining ota-onasi uni 7 yoşga tölganda Hongkongdagi Pekin operasi maktabiga öqişga jönatişgan. Maktab juda nufuzli bölgan, unda jang san'ati, aktyorlik mahorati, qöşiq kuylaş, akrobatika, raqsdan saboq berilgan. Jyekining aytişiça, u maktabda irodasini mustahkamlagan va ğalabaga intilişga örgangan. U, şuningdek, kung-fuga qiziqib qolgan.
Jyeki 1971 yilda maktabni bitirgaç, kaskadyor bölib işga joylaşgan. U kinodagi faoliyatini aynan kaskadyor sifatida boşlagan. Uni dastlab epizodlarda va kiçik rollarda suratga olişgan. Kung-fu, akrobatikani yaxşi egallagan, yaxşi plastika va sahna mahorati malakalariga ega bölgan Chan 1970-yillar örtalaridan kattaroq rollarni ijro eta boşlagan, keyinroq esa özi filmlarni suratga ola boşlagan.
Uning ilk işlari orasida “Burgut soyasidagi ilon”, “Mast usta”, “Tangri qurol-yaroği” kabi filmlar bor. Şundan keyin u tez orada Hongkongning eng katta haq oluvçi aktyoriga aylangan. U özini ssenariynavis sifatida sinab körgan, öz filmlariga rejissyorlik qilgan, musiqa yozgan va albatta, barça tryuklarni özi bajargan.
Jyeki aktyorlik faoliyati davomida qöl-oyoqlari, burun, son sinişidan tortib böğimlar çiqişi va böyin qayrilişigaça mingdan köproq turli jarohat olgan. Oğir jarohatlarsiz ham bölmagan. Uning 22 yoşidayoq közida operatsiya ötkazilgan. Jyeki tryuklardan birini bajariş vaqtida yiqilib, közini şikastlab olgan va jarohatni tikişga töğri kelgan.
Aktyor yana bir jiddiy jarohatni “Tangri qurol-yaroği” filmida olgan. U 12 metrlik balandlikdan yiqilib, boş çanoq-miya jarohatini olgan, buning oqibatida uning miyasiga qon quyilgan. Jyeki operatsiya qilingaç, yana suratga oliş işlariga qaytgan.
Jyeki Osiyoni zabt etgaç, Amerikada işlaşni orzu qila boşlagan. Uning AQŞda taqdim qilingan ilk filmlari omma e'tiborini qozona olmagan va Jyeki barçasiga qöl siltaşga ham tayyor bölgan. Biroq unga 1994 yilda MTV’ning kino san'atiga qöşgan ulkan hissa uçun mukofotining berilişi uni Amerikani ikkinçi urinişdan zabt etişga bel boğlaşga undagan.












