Surxondaryo viloyati Termiz şahrida joylaşgan köpqavatli uydagi portlaş gaz-havo aralaşmasi çaqnaşi oqibatida yuz bergan. Bu haqda Boş prokuratura matbuot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qildi.

Termiz şahar IIO FMB 2-sonli IIB navbatçilik qismi tomonidan aniqlik kiritilişiça, baxsiz hodisa «Döstlik» mahallasidagi 10-uyning yertölasidagi penoplastdan tayyorlangan buyumlar, hojatxona qoğozlari va boşqa mahsulotlar saqlanadigan omborda sodir bölgan va uning oqibatida 2 kişi halok bölgan.

«8 aprel kuni soat taxminan 11:30larda «Döstlik» mahallasi, A.Navoiy köçasi, 10-uy yertölasida fuqaro I.B.ga tegişli bölgan «Fasad Diyor» MÇJga qaraşli bölgan yertölaga I.B.ning amakisi I.R. va fuqaro R.A. bilan birgalikda omborxonada saqlanayotgan hojatxona qoğozi va boşqa tovarlarni közdan keçiriş maqsadida tuşganlar. Yer töla qoronği bölgani sababli elektr çiroğini yoqqan vaqtda yertölada töplangan is gazi va elektr energiyasining özaro kimyoviy reaksiyasi natijasida portlaş holati kelib çiqqan. 

Natijada, xodisa joyida bölgan fuqarolar I.R. va R.A. vafot etgan», deyiladi xabarda.

Hodisa joyiga viloyat prokurorining birinçi örinbosari, viloyat IIB boşliği, Termiz şahar prokurori va boşqa tezkor tergov guruhi a'zolari çiqişgan. 

Uşbu holat yuzasidan hozirda viloyat prokuraturasi öta oğir jinoyatlarni tergov qiliş bölimi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.

Dastlabki xabarlarda Termizda gaz portlaşi oqibatida 3 kişi halok bölgani aytilgandi.