5-7 aprel kunlari Dehli şahrida “The Delhi Times Fashion Week-2019” modalar haftaligi bölib ötdi. Modalar haftaligining yakunlovçi qismida maşhur hind dizayneri, Özbekistonning Hindistondagi madaniyat va turizm elçisi Ritu Beri özining “Farğona jozibasi” deb nomlangan maxsus Özbekistonga bağişlangan kolleksiyasini namoyiş qildi. Hindistondagi Özbekiston elçixonasi matbuot xizmati Kun.uz’ga şu haqida xabar berdi.
Ritu Beri mazkur tadbir uçun Özbekistondan keltirilgan xonatlas, adras va boşqa an'anaviy gazlamalardan foydalangan holda eksklyuziv liboslar töplamini taqdim etdi. Liboslar taqdimotida hindistonlik madaniyat arboblari, diplomatik korpus vakillari, maşhur modellar va kinoyulduzlar iştirok etdi.

Özbekistonning Hindistondagi madaniyat va turizm elçisi, taniqli hind dizayneri Ritu Beri liboslar namoyişi haqida şunday dedi: “Mazkur eksklyuziv taqdimotga özgaça iştiyoq bilan tayyorgarlik kördik. Taqdim etilgan liboslarda özbek va hind milliy an'analarini uyğunlaştirgan holda mamlakatlarimiz örtasidagi tarixiy döstona aloqalar, madaniy yaqinlikni aks ettirişga harakat qildik. Öylaymanki, buning uddasidan çiqa oldik. Bu kabi tadbirlarni taşkil etiş orqali Özbekistonning madaniy salohiyatini keng tarğib etiş, mamlakatlarimiz örtasidagi döstona aloqalarni mustahkamlaşga hissa qöşişdan baxtiyorman”.

Ta'kidlaş joizki, taqdim etilgan liboslarning barçasida Özbekistondan keltirilgan xonatlas va adras mahsulotlaridan keng foydalanilgani bois kolleksiya “Farğona jozibasi” deb nomlangan.
“Özbekistonning Hindistondagi madaniyat va turizm elçisi”, atoqli dizayner Ritu Beri tomonidan tayyorlangan yangi liboslar töplamini taqdim etişga şaxsan iştirok etganimdan bağoyat xursandman. Özbek milliy gazlamalarining yorqin jihatlarni özida aks ettirgan bugungi taqdimot iştirokçilarda çuqur taassurot qoldirdi. Bugun Özbekistonning ulkan va serqirra madaniy salohiyatini özim uçun kaşf qildim”, - deydi taniqli hind aktrisasi Divya Xosla Kumar.













