O‘zbekiston | 16:56 / 09.04.2019
53898
2 daqiqa o‘qiladi

Kimlar sanatoriy-kurortlarga bepul yo‘llanma olishi mumkin?

Foto: uzbek-travel.com

O‘zbekistonda qonunchilikka muvofiq qator shaxslarga sanatoriy-kurort yo‘llanmalari bepul taqdim etiladi.

Ular quyidagi nogironlar va keksalar toifasi: 

urush nogironlariga va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar;

halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning beva xotinlari (beva erlari);

respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar;

Chernobil halokati sababli nogiron bo‘lib qolgan shaxslar;

yadro poligonlarida harbiy xizmatni o‘tagan shaxslar;

I va II-guruh nogironlari, ko‘zi ojiz I-guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxs;

yolg‘iz keksalar;

pensionerlar.

Yo‘llanma olish uchun quyidagi hujjatlar bandlikka ko‘maklashish markazlariga topshirilishi lozim:

ariza;

pasport nusxasi;

yuqoridagi fuqarolarning imtiyozdan foydalanish huquqini beruvchi hujjatlar (nogironlikni tasdiqlovchi, pensionerlar uchun guvohnoma va b.);

tibbiy xulosa.

Yo‘llanmalarni berish davriyligi quyidagicha: 

har yili (navbat asosida): 

urush nogironlariga tenglashtirilgan shaxslarga; 

respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslarga; 

Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek Chernobil halokati sababli nogiron bo‘lib qolgan shaxslarga; 

yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obektlarida harbiy xizmatni o‘tagan shaxslarga;

yolg‘iz keksalarga; 

ikki yilda bir marotaba (navbat asosida):

urush qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslarga; 

halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning beva xotinlariga (beva erlariga); 

I va II-guruh nogironlari, ko‘zi ojiz I-guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxsga; 

sanatoriylarda bo‘sh o‘rin mavjud bo‘lgan taqdirda, navbat asosida, ammo 3 yilda 1 marotaba — pensionerlarga.

Yo‘llanmalar o‘n ikki kunga, yo‘llanmalarning amal qilish muddati boshlanishidan kamida 10 kun oldin beriladi.

Mavzuga oid