Ötgan haftada “ÖzRTXB” AJda oltin quymasi sotuvi böyiça birja savdolari ötkazildi. Birjada birinçi oltin sotuvçisi “Olmaliq KMK” AJ böldi.
"ÖzRTXB" AJ matbuot xizmati xabariga köra, savdo yakuniga köra 600 gr Au-1 markali oltin sotilgan bölib, uning qiymati 209,06 mln sömga teng bölgan. Birja kotirovkasi deyarli boşlanğiç bahoda saqlangan – 1 gr oltin 348,4 ming sömni taşkil qilgan.
Eslatib ötamiz, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 1 martdagi №186-sonli “Özbekiston Respublika tovar-xomaşyo birjasi” AJ birja savdolarida qimmatbaho metallarni sotiş tartibi töğrisidagi Nizomni tasdiqlaş haqida”gi qaroriga asosan qimmatbaho metallar ÖzRTXB ning birja savdolari orqali sotilişni boşladi.
Qimmatbaho metallarning birja savdolari qonun hujjatlari, birja savdolari va hisob-kitob kliring xizmat körsatiş tartib-qoidalari asnosida amalga oşiriladi. Birja savdolari orqali sotib olingan qimmatbaho metallarni eksportga sotiş taqiqlangan.
Bundan oldin, tovar xomaşyo birjasida birinçi marta qimmatbaho metallar sotila boşlangani xabar qilingandi.












