Yaqin kelajakda Özbekiston çempionatida hakamlarga videokömak tizimi – VAR texnologiyasi joriy etilişi kutilmoqda. Bu haqda ÖFA prezidenti maslahatçisi San'at Şaripov gapirib ötdi.

«Biz VAR xodimlarini bir neça marta Özbekiston futbol assotsiatsiyasi binosida qabul qildik. Xudo xohlasa, rahbariyat hamma imkoniyatlar böladigan bölsa, yaqin kelajakda barça stadionlarni VAR tizimi bilan jihozlaş arafasida. Çunki ularning bitta talabi bor ekan – buni faqat uçta-törtta stadionga tatbiq qilib bölmas ekan. VAR kiritiladigan bölsa, mamlakatimizdagi barça stadionlarga örnatilişi kerak. Stadionlarimiz esa uskunalarni moslaştiriş uçun hali tayyor emas», – dedi Şaripov duşanba kuni «Bizning futbol» körsatuvida.

Ma'lumot uçun, 2018 yil noyabr oyida «Hawk-Eye Innovations Ltd» kompaniyasining Osiyo mintaqasi böyiça boşqaruvçi direktori Ben Krossing Özbekistonga kelib, ÖFA birinçi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov bilan uçraşgan edi.

«VAR tizimini örnatiş uçun 4-8 oy vaqt ketadi. Uning narxi kelişuv şartlariga boğliq. Masalan, buning uçun mahalliy kompaniyalarni jalb qilsangiz, bu siz uçun arzonroq tuşadi. Agar beş yillik kelişuv amalga oşirilsa, yanada yaxşiroq şaroitlar yaratiladi», – degandi öşanda sohaning rahbar mutaxassisi.

Eslatib ötamiz, ötgan hafta Rossiya futbolida ilk marta VAR`dan foydalaniş yölga qöyildi – mamlakat kubogining yarim final doirasidagi ilk öyinlari uşbu texnologiya bilan jihozlangan holda ötkazildi.