Britaniyaning Virgin Media kompaniyasi mutaxassisi simsiz internet Wi-Fi tezligini oşirişning 8 usulini ma'lum qildi. 

Mutaxassisning tavsiyalariga köra, foydalanuvçilar buning uçun öz internet-brauzerlari keşini muntazam tozalab turişlari lozim, çunki bu brauzer tezligini oşirişi mumkin. Bundan taşqari, brauzerning versiyasiga e'tibor qaratiş va imkoni boriça, uni yangilab turiş lozim. 

Şuningdek, internet tezligiga antivirus dasturi ham ta'sir körsatadi. Mutaxassisning aytişiça, bu holatda sifatli dasturni tanlaş lozim.  

Yana bir usul – fonda işlovçi dasturlarni töxtatiş, ular ham internet tezligiga salbiy ta'sir körsatişi mumkin.

Bundan taşqari, Wi-Fi routerning joylaşişiga e'tibor qaratiş lozim. Tezlikni oşiriş uçun uni iloji boriça yuqoriroqqa yoki u yaxşiroq işlaydigan xonalarga örnatib köriş mumkin. Bunda routerni oynalar oldiga örnatiş yaramaydi – bu holatda xona içidagi signal kuçi pastroq böladi. 

Internet tarmoği uçun parol örnatişni ham esdan çiqarmaslik lozim. Aks holda boşqa foydalanuvçilar unga heç qanday tösiqlarsiz ulanib olişlari mumkin, buning natijasida ulaniş tezligi pasayib ketadi.

Şuningdek, uyda “qora doğlar” deb ataluvçi, ya'ni router signali qalin devorlar yoki ba'zi izolyatsiyalar tomonidan bloklanadigan joylarni hisobga oliş va routerni bunday joylarda örnatişdan qoçiş lozim.