«PSJ» hujumçisi Kilian Mbappening yozda «Real»ga ötişi ehtimoli kamaymoqda.

Don Balon naşrining yozişiça, 20 yoşli fransuzning transferi xarajatlari (xarid, maoşlar va bonuslar) 300 mln yevroga yetişi mumkin. Madrid klubi boş murabbiy Zinedin Zidan şuni hisobga olgan holda klubning transfer budjetini tölaligiça faqat bitta futbolçiga yönaltirmoqçi emas. U «Real» prezidenti Florentino Peresga murojaat qilib, Mbappedan köra, unga nisbatan arzonroq boşqa nomzodlar – Eden Azar va Pol Pogba xaridiga köproq urğu qaratişni söragan.

Qayd etilişiça, «qirollik klubi» vakillari «Liverpul» hujumçisi Sadio Maneni Mbappening örniga optimal nomzod sifatida körişmoqda. Maneni Madridga olib keliş uçun taxminan 150 mln yevro sarflanişi mumkin. Ingliz OAVda 26 yoşli senegallikning şartnomasida tovon puli 230 mln yevro deb körsatilgani haqida ma'lumot bor.

Eslatib ötamiz, avvalroq «Real» va «Çelsi» klublari Eden Azar transferi ustida savdolaşişda davom etayotgani xabar qilingandi. Unga köra, ispanlar 85 mln funt berişmoqçi, inglizlar esa 100 million (116 mln yevro) söraşmoqda.