Dunyo böyiça 57 million bola maktabdagi ta’lim tili tufayli ta’lim olişga qiynaladi. GPE ma’lumotiga köra, özga tilda öquvçilar özlaştirişi past bölişi köp kuzatilgan. Şunga qaramay, sifatli ta’lim va yuqori malakaga ega böliş uçun özga tilda ta’lim beriladigan, nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalariga yöl olayotgan özbekistonlik yoşlar kam emas.
Ular til biliş darajasini aks ettiruvçi xalqaro til sertifikatlariga ega bölişga harakat qilişadi. IELTS va CEFR sertifikati şu maqsadda izlanayotgan yoşlarga xorijiy ta’lim eşiklarini oçuvçi vosita hisoblanadi. Lekin, afsuski, uni soxtalaştiriş orqali mömay daromad qiluvçilar ham paydo bölgan.
Xalqaro til sertifikatlarini mahalliy universitetlarga qabul qiliş böyiça Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi tayyorlangan. Hujjat qabul qilinsa, til sertifikatlarini soxtalaştiriş haqiqatan daromadli işga aylanadi.
Xöş, qaror loyihasida yuzaga kelişi mumkin bölgan vaziyatlarga oldindan tayyorgarlik körilganmi? Mavjud jarayonga har tomonlama yondaşib baho beriş lozim.
Davlat test markazi çet tillarni biliş va baholaş boşqarmasi «Çet tillar» bölim mudiri Elvira Urayevaning aytişiça, mahalliy oliy ta’lim muassasalariga öqiş uçun hujjatlarni qabul qiliş jarayonida CEFR sertifikatining haqiqiyligini tekşiriş uçun maxsus mexanizm işlab çiqilgan.
«Bunda çet tillarni biliş va baholaş boşqarmasining rasmiy nsfla.uz saytiga taşrif buyurib «Sertifikat nazorati» bölimini tanlaş va sertifikat raqamini terişning özi kifoya», — deydi u.
Şu örinda Urayevadan Özbekiston Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta’lim muassasalariga öqişga qabul qilişda milliy va xalqaro baholaş tizimlari sertifikatlarini tatbiq qiliş töğrisida»gi qarori loyihasi (2018 yilning 28 noyabridan 11 dekabrigaça keng jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan) haqida söralganda, tez orada uşbu hujjat qabul qilinişi mumkinligi istisno etilmadi. Şu bois mutaxassis CEFRdan boşqa xalqaro sertifikatlarning haqiqiyligini tekşiriş böyiça mexanizm qaror qabul qilinganidan söng aniq bölişini qöşimça qildi.
IELTS instruktor Bekzod Mirahmedov esa ayni vaqtda IELTS sertifikatini soxtalaştirib, undan turli maqsadlarda işlatiş holatlari köpayib qolganini bildirdi.
«Ayniqsa, soxta hujjat asosida öquvçilarga ta’lim berişayotganligi açinarli holatdir. Öz tajribamda bu kabi vaziyatlarning köpiga duç kelganman. Ijtimoiy tarmoqlarda yuqori balli IELTS sertifikati reklamalariga közingiz tuşadi. Uşbu usul öquvçilarni öziga jalb qiladi, albatta. Hozirgi vaqtda talabgorlar soni ortgani sayin bu yönaliş alohida biznes turiga aylandi. Bu ta’lim biznesi. Şunday ekan, mablağdan muhimroq jihat bilim hisoblanadi», — deydi u.












