Iroqning sobiq prezidenti Saddam Husaynning qiz nabirasi Harir Husayn Komilning oilasi 2003 yilgi voqealar vaqtida Iroqdan qanday qoçişga muvaffaq bölgani haqida sözlab berdi. Uning aytişiça, ularda avvaldan reja bölmagan, hammasi tayyorgarliksiz keçgan.

Harir Husayn bu haqda RT telekanalidagi “Odnim slovom” (“Bir söz bilan”) körsatuvida sözlab berdi. 

Saddam Husaynning nabirasi Harir Husayn Komil
Foto: RT 

Harirning aytişiça, uning oilasi ular kabi vaziyatga tuşgan iroqliklar  va xorijiy döstlarga suyanişgan. Uning ta'kidlaşiça, ular mamlakat böylab turli usullar bilan harakatlanişgan va daqiqalar ular uçun abadiyatdek tuyulgan. 

Husayn nabirasining tuşuntirişiça, ular avval yakka holda harakatlanişgan, vaziyat murakkaablaşgaç esa birlaşişgan. Ayolning eslaşiça, öşanda uning oilasi ayollari ilk bor mustaqil qaror qabul qilişga jur'at qila olişgan. Harirning oilasi Al-Aujdagi qarindoşlarinikida bölganda, uning onasi bölinişga qaror qilgan.

“Onam voqealar biri ikkinçisi ortidan kelgan va vaziyat yomonlaşgan öşa kunda bölinişimiz zarur deb hisoblagan, aks holda biz duşman uçun oson nişonga aylangan bölardik. Agar biz hammamiz, misol uçun, bir uyda qolganimizda, jinoyatçi va közi oç odamlar uçun oson öljaga aylanardik. Onamning fikri şunday edi va u bizni öşa kuni har tomonlama qöllab-quvvatlab, madad berib turgan”, deb ta'kidlab ötgan Harir Husayn. 

Saddam Husayn Iroqqa deyarli çorak asr – 1979 yildan 2003 yilgaça rahbarlik qilgan. 2003 yil 20 mart kuni AQŞ armiyasi boşçiligidagi koalitsiya Iroqda ommaviy qirğin quroli borligi bahonasida harbiy operatsiya boşlagan. Şundan keyin Husayn yaşirinça harakatlanişga majbur bölgan. Öşa yilning 13 dekabrida u Tikrit yaqinida AQŞ maxsus kuçlari tomonidan qölga olingan.

Husayn 12 ta band, jumladan 1988 yilda Xalabjada aholiga qarşi kimyoviy qurol qöllaş, 1990 yilda Kuvaytga bostirib kiriş, 1991 yilda şialar isyonini kuç bilan bostiriş kabi jinoyatlar böyiça aybdor deb topilgan.

2006 yil 5 noyabrda Husayn va uning ikki safdoşi osiş orqali ölim jazosiga hukm qilingan. Iroqning oliy jinoyat tribunali hukmi 30 dekabrga ötar keçasi ijro etilgan. Husayn 31 dekabrda Tikrit yaqinidagi ona qişloği Ujada dafn qilingan.