Özbekiston Respublikasi Prezidenti “Davlat boşqaruvining oçiqligi va şaffofligini ta'minlaş hamda mamlakatning statistika salohiyatini oşiriş yuzasidan qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorni imzoladi.
Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Davlat statistika qömitasi, Agentlik hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligining:
2020–2021 yillarda YUNISEF bilan hamkorlikda Özbekiston Respublikasida multiindikator klaster tekşiruvlarini ötkaziş;
Özbekiston Respublikasi Davlat statistika qömitasi huzuridagi Kadrlarni qayta tayyorlaş va statistik tadqiqotlar markazi negizida belgilangan ştat birliklari soni doirasida Özbekiston Respublikasi Davlat statistika qömitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oşiriş va statistik tadqiqotlar institutini taşkil etiş töğrisidagi takliflariga rozilik berildi.
Quyidagilar Institut faoliyatining asosiy vazifalari va yönalişlari etib belgilandi:
davlat statistika organlari hamda boşqa vazirlik va idoralar xodimlarining bilim va könikmalarini rivojlantiriş hamda takomillaştirişni, şuningdek, kasb mahorati yuksak darajada bölişini ta'minlaydigan tayyorlaş, qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş tizimini taşkil etiş;
statistika borasidagi könikmalarni rivojlantiriş, tahliliy fikrlaş qobiliyatini şakllantiriş va ularni amaliyotda qöllaşga yönaltirilgan, asosan ixtisoslik fanlaridan iborat bölgan zamonaviy ta'lim standartlari va sifat jihatidan yangi öqitiş tizimini joriy etiş;
statistika sohasidagi ilğor tajriba va ilmiy-tadqiqot yutuqlarini ayirboşlaş, şuningdek, mutaxassislar tayyorlaş, ularning malakasini oşiriş va stajirovka ötaşi böyiça mahalliy va xorijiy ilmiy hamda ta'lim muassasalari, xalqaro statistika taşkilotlari bilan hamkorlik qiliş;
milliy darajada qöllanilayotgan metodologik vositalar, davlat va idoraviy statistik kuzatuvlarni xalqaro darajada uyğunlaştiriş, moslaştiriş va qiyoslaş nuqtai nazaridan ularni malakali ekspertizadan ötkaziş;
keyinçalik amaliyotda qöllaş uçun ilğor statistika metodlari va texnologiyalari, şuningdek, oçiq ma'lumotlar sohasida ilmiy tadqiqotlar olib boriş hamda innovatsion işlanmalarni amalga oşiriş.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
a) Davlat statistika qömitasi bilan birgalikda:












