Şu yilning 19 mart kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev rahbarligida ötkazilgan videoselektor yiğilişida yoşlarlarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, kitobxonlikni tarğib qiliş masalalari atrofliça muhokama qilindi.

Davlatimiz rahbari yiğilişda aholi, ayniqsa, yoşlar ma'naviyatini yuksaltiriş masalasiga alohida töxtalib, “Har bir rahbar özining şaxsiy kutubxonasidan özi ta'lim olgan maktab kutubxonasiga kitoblar sovğa qilsa, bu yaxşi taşabbus bölib kitobxonlikni rivojlantiriş bilan farzandlarimiz tarbiyasiga ijobiy ta'sir körsatadi”, deb ta'kidladi.

Prezidentimizning uşbu taşabbusi davlat organlari, keng jamoatçilik tomonidan qizğin qöllab-quvvatlanmoqda.

Bugun Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov Noşirlik-matbaa faoliyati sohasida mutaxassislarni tayyorlaş kasb-hunar kolleji kutubxonasiga kitoblar jamlanmasini sovğa qildi.

Agentlik rahbar-xodimlari, kollej öqituvçi va öquvçilari iştirok etgan tadbirda ta'lim maskani kutubxonasi 300 dan ortiq kitobga boyidi.

“Davlatimiz rahbari tomonidan örtaga taşlangan bu taşabbus bevosita kelajak avlod taqdiri bilan boğliq, – dedi Komil Allamjonov.

– Inson qança köp kitob öqisa, ma'naviyati şunça yuksaladi, dunyoqaraşi, hayotga bölgan munosabati özgaradi. Agar kitoblarimiz sifatli, mazmunli çiqişini xohlasak, bölajak noşirlarga köproq kitob sovğa qilişimiz, ularni kitobga döst qilişimiz kerak”.

Şundan söng Komil Allamjonov Agentlikning Noşirlik-matbaa faoliyati sohasida mutaxassislarni tayyorlaş kasb-hunar kolleji bilan tanişdi.