Aholi örtasida ötkazilgan sotsiologik tadqiqotlar natijasi statistik ma'lumot sifatida qabul qilinadi.

Bu haqda 25 dekabr kuni «Ijtimoiy fikr» respublika jamoatçilik fikrini örganiş markazi rahbariyati iştirokida bölib ötgan matbuot anjumanida ma'lumot berildi.

Özbekiston milliy universiteti «Sotsiologiya» kafedrasi mudiri Komil Kalonovning sözlariga köra, aholining ijtimoiy fikri, ijtimoiy kayfiyatini örganişga qaratilgan sotsiologik tadqiqotlarning natijaviy körsatkiçlari statistik ma'lumot sifatida qabul qilinadi. Bu – «Sotsiologik tadqiqotlar ötkazişni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident farmonida belgilangan.

«Hozirgi kunga qadar Özbekistonda sotsiologik tadqiqotlar xulosasi statistik ma'lumot sifatida e'tirof etilmas, ular faqatgina ijtimoiy xarakterga ega bölardi. Endilikda bunday tadqiqotlar, xususan «Ijtimoiy fikr» markazi tomonidan professional tarzda ötkazilgan tadqiqotlar xulosasi statistik ma'lumotlarga tenglaştiriladi.

Bunday amaliyot butun dunyoda mavjud. Malakali tadqiqotçilar tomonidan ilmiy-metodologik mezonlar asosida professional ötkazilgan tadqiqotlar natijasini bemalol statistik ma'lumot sifatida qabul qiliş mumkin», ─ deydi mutaxassis.

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

Şuningdek, anjumanda ma'lum qilinişiça, mamlakatda sotsiologiyani rivojlantirişning asosiy omili bölgan kadrlar tayyorlaş masalasida ham özgarişlar mavjud. Joriy yil fevralida qabul qilingan, yuqorida nomi keltirilgan farmon asosida sotsiologiya böyiça kadrlarni tayyorlaş yiliga 200 nafarga yetkazildi.

«Ilgari yiliga atigi 20 nafar mutaxassis bitta oliygohda tayyorlanar edi. Endilikda Nukus, Samarqand, Namangan davlat universitetlari, Özbekiston Milliy universiteti yiliga 200 nafar mutaxassisni tayyorlaydi. Bu, öz navbatida, sohada ijobiy özgarişlarga sabab böladi», ─ deya qayd etildi anjumanda.

Ma'lumot uçun, «Ijtimoiy fikr» respublika jamoatçilik fikrini örganiş markazi 1997 yilda taşkil topgan. 2019 yil 22 fevraldagi «Sotsiologik tadqiqotlar ötkazişni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident farmoniga asosan markaz faoliyati takomillaştirildi. Markaz barça sohalar va mavzular böyiça jamoatçilik fikri hamda kayfiyatini örganiş bilan şuğullanadi. Markaz taşkil etilganidan buyon 500dan ortiq turli mavzularda jamoatçilik fikrini örganiş böyiça monitoring tadqiqotlarini olib borgan.