Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutasaddi xodimlari iştirokida jurnalistlar bilan intervyu bölib ötdi.
Yonğin xavfsizligi boş boşqarmasi, uning hududiy va tarkibiy tuzilmalari Içki işlar vazirligidan Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ötkazilişi natijasida soha oldiga yangi vazifalar qöyilgani ma'lum qilindi.
Endi FVV — yonğin xavfsizligini ta'minlaşda davlat siyosatini yurituvçi vakolatli organ hisoblanadi.
Nukus, Qarşi, Samarqand, Farğona şaharlarida yirik kölamli favqulodda vaziyatlarni bartaraf etişga möljallangan hududiy yonğin qutqaruv otryadlari tuzilişi aytildi.
OAV vakillari toğli hududlarda tezkor yordam zarurati tuğilganda yoki katta hajmli maydonlarda yonğin kelib çiqqanda voqea joyiga yetib boriş uçun foydalaniladigan texnikalar xususida savol berdi.
Mutasaddilar ayni vaqtda Favqulodda vaziyatlar vazirligi tasarrufida vertolyot mavjud emasligini bildirdi.
“Vertolyot kerak bölganda Mudofaa vazirligidan olib turamiz, bunda biz yoqilği bilan boğliq xarajatlarni qoplab beramiz”, — dedi Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi boşqarmasi boşliği Şuhrat Dadaxonov.
Vazirlik vakilining sözlariga köra, FVVni vertolyot bilan ta'minlaş masalasi öz yeçimini topadi.
“Favqulodda vaziyatlar vazirligiga vertolyot ajratiş va vertolyotlardan foydalaniş böyiça Qaror loyihasi tayyorlangan, — dedi Yonğin xavfsizlik boş boşqarmasi boşliği Sanjar Zufarov. — Bu masala hatto davlat Dasturiga ham kiritilgan. Rejaga muvofiq 2020 yilda bizning tizimga ham vertolyot berilişi mumkin”.













