2019 yilning 11 aprel kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Amerika Qöşma Ştatlarining Afğonistondagi yaraşiş masalalari böyiça maxsus vakili Zalmay Xalilzod boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
TIV xabariga köra, suhbat çoğida Afğonistondagi vaziyat va uşbu mamlakatda tinçlik jarayonini boşlaş istiqbollari yuzasidan fikr almaşilgan.
Ta'kidlanganidek, köp yillik afğon mojarosini faqatgina kuraşayotgan tomonlar örtasida tinçlik muzokaralarini ötkaziş yöli bilan bartaraf etiş mumkin. Mazkur şart asosiy qoida ölaroq Toşkent deklaratsiyasi matnida ilgari surilgan va belgilagan. Uşbu hujjat dunyoning yetakçi davlatlari va mintaqa mamlakatlari vakillari tomonidan konsensus asosida qabul qilingan.
Şu nuqtai nazardan Özbekiston – AQŞ hamkorligining ustuvor yönalişlari hamda Afğonistonda yirik ijtimoiy-iqtisodiy obektlarni barpo etişda va infratuzilma loyihalarini tatbiq etişda amaliy hamkorlik qiliş töğrisidagi takliflar muhokama qilindi. Uşbu loyihalar Afğonistonning tinç va barqaror rivojlanişiga, siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar jihatdan Markaziy Osiyo hududining uzviy qismi bölişiga imkon yaratadi.
TIVdagi uçraşuvda boşqa xalqaro va mintaqaviy masalalar ham körib çiqildi, deyiladi xabarda.
Suhbatda Özbekiston prezidentining Afğoniston böyiça maxsus vakili Ismatulla Ergaşev iştirok etgan.
Bundan oldin, Zalmay Xalilzod Özbekistonga kelayotgani xabar berilgandi.













