Özbekiston Prezidentining 2018 yil 30 noyabrdagi “Alohida turdagi tovarlarni markirovkalaşning zamonaviy usullarini joriy etişga doir çora-tadbirlar töğrisida”gi 4042-sonli qarorida 2019 yil 1 avgustidan import qilinadigan va respublikada işlab çiqariladigan alohida toifadagi tovarlarni tasdiqlangan röyxatga muvofiq himoyalangan belgi va (yoki) nano-molekulyar texnologiyadan foydalangan holda majburiy markirovkalaşni joriy etiş belgilangan.

Markirovkalaşni joriy etişning asosiy vazifalari qalbakilaştirilgan va noqonuniy işlab çiqilgan tovarlarni respublikaga olib kirilişi, işlab çiqarilişi va sotilişining oldini oliş orqali aholi xavfsizligi va soğligini ta'minlaş hamda soliq va boşqa majburiy tölovlar yiğiluvçanligini oşiriş hisoblanadi.

Şu bilan birga, sönggi vaqtlarda turli Internet resurslarda qator anonim materiallar berilib, ularning mualliflari turli xil ma'lumotlarni qalbakilaştiriş, faktlarni börttiriş yöllari bilan majburiy markirovkalaşni joriy etiş böyiça amalga oşirilayotgan çoralarni qoralaşga va obrösizlantirişga urinişmoqda.

Şu munosabat bilan, Prezident qoşidagi Loyiha boşqaruvi milliy agentligi matbuot xizmatida quyidagilar tuşuntirib ötildi.

Davlat rahbarining yuqorida keltirilgan qarorining 5-bandi bilan Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boşqaruvi milliy agentligiga 2019 yil 1 fevraliga qadar eng yaxşi takliflarini saralab oliş asosida körsatiladigan xizmatlar işonçliligi va sifatini, yuqori himoyalanganlik darajasini ta'minlay oladigan, amaliy tajribaga ega bölgan markirovkalaş böyiça xizmatlar yetkazib beruvçisini tanlab olişni, markirovkalanişi majburiy bölgan tovarlar qiymatining sezilarli oşirilmasligini hisobga olgan holda tanlab olingan yetkazib beruvçi bilan muzokaralar ötkazilişini, şuningdek, u bilan tuzilayotgan şartnoma butun muddati davomida körsatiladigan xizmatlar bahosini qat'iy belgilagan holda 5 yildan 10 yilgaça bölgan muddatga şartnoma tuzilişini ta'minlaş topşirilgan.

2018 yilning dekabr oyida eng yaxşi takliflarini saralab oliş uçun 80 texnikaviy va moliyaviy talablarni özida mujassamlaştirgan texnik topşiriq e'lon qilindi. Ta'kidlaş joizki, yagona yetkazuvçini tanlaşdagi talablarning biri sifatida tanlab olinayotgan kompaniyaning davlat nazoratida bölgan sanoat sektorlaridan mustaqilligi töğrisidagi deklaratsiya kiritilgan edi.

Kelib tuşgan takliflarni körib çiqiş natijalari böyiça markirovkalaş böyiça yagona xizmatlarni yetkazuvçi sifatida Şveytsariyaning «SICPA» kompaniyasi saralab olindi.