Soliq qömitasi ösimlik moyini raqamli markirovkalaş töğrisidagi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini jamoatçilik muhokamasiga qöydi. Loyiha qabul qilinsa, majburiy markirovka 2027-yil 1-iyuldan kuçga kirişi mumkin.

Hujjat preambulasiga köra, taşabbus ösimlik moyini işlab çiqariş va sotişni raqamlaştiriş, şuningdek uni noqonuniy olib kiriş, işlab çiqariş va sotiş holatlarining oldini olişga qaratilgan.

Talab TN VED böyiça 1507–1515 guruhlariga kiruvçi moylarga tatbiq etiladi. Ular orasida soya, yeryonğoq, zaytun, palma, kungaboqar, ki­roz (saflor), paxta, kokos, raps va boşqa ösimlik moylari bor.

Markirovka isteʼmol qadoğiga (taşqi yoki içki) yopiştiriladigan ştrix-kodli stiker orqali amalga oşiriladi. Işlab çiqaruvçilar, importçilar, şuningdek ulgurji va çakana savdo bilan şuğullanuvçi taşkilotlar “Asl belgisi” milliy markirovka va mahsulotni kuzatiş tizimiga ulanişi kerak. Tizim operatori - CRPT Turon kompaniyasi. Markirovkalangan mahsulotning muomalaga kiritilişi, aylanişi va muomaladan çiqarilişi tizim orqali kuzatib boriladi.

Markirovka kodi yöq majburiy markirovkalanadigan ösimlik moyini sotiş savdo qoidalarini buziş deb topiladi va qonunçilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi. Talablarga rioya etilişini nazorat qilişni soliq organlariga yuklatiş taklif etilyapti.

Hujjat loyihasi böyiça jamoatçilik muhokamasi 24-oktabrgaça davom etadi.

Maʼlumot uçun, hozirda Özbekistonda majburiy raqamli markirovka - tamaki mahsulotlari, alkogolli va alkogolsiz içimliklar (şu jumladan içimlik suvi), dori vositalari hamda maişiy texnikaga tatbiq etilgan.

Raqamli markirovka tizimi 2020-yildan boşlab bosqiçma-bosqiç kengaytirib kelinmoqda. Avvalroq suv va alkogolsiz içimliklar agregatsiyasini joriy etiş 2027-yil 1-aprelgaça keçiktirilgan edi.