Ekvador politsiyasi WikiLeaks sayti asosçisi Julian Assanjga yaqin bölgan şaxsni qölga oldi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, bu haqda Ekvador içki işlar vaziri Mariya Paula Roma ma'lum qilgan.
Uning sözlariga köra, Assanjning şerigi Yaponiyaga uçib ketmoqçi bölganida uşlangan.
Şuningdek, uning qöşimça qilişiça, qölga olingan şaxs Ekvador sobiq taşqi işlar vaziri Rikardo Patino bilan aloqalarda bölgan.
Bundan oldin, Julian Assanj Londonda qölga olingani, Ekvador uni elçixonadagi boşpanadan mahrum qilgani xabar berilgandi.













