Jahondagi eng maşhur testlarni endi kompyuter orqali ham topşirişingiz mumkin! Xuddi öşa IELTS testlari bölsa-da, afzalliklar köproqdir!

IELTS hozirgi kunda jahon miqyosida eng maşhur va tanilgan test bölib, yildan yilga uning ommabopligi oşayapti. Faqatgina ötgan yili uç milliondan ortiq nomzodlar IELTS testlarida öz kuçini sinab kurişdi. Buni inobatga olgan holda, maxsus IELTS kompyuter testlari işlab çiqildi. Bu esa, öz navbatida, nafaqat köproq test topşirişni xohlovçilarni jalb qilişga yordam beradi, ularga yanada köproq imkoniyat ham yaratadi.
IELTS kompyuter testlarning afzalliklari nimadan iborat?
IELTS kompyuter testlari, yuqorida aytganimizday, test topşiruvçilar uçun köproq imkoniyat yaratadi. Nomzodlar özlari test topşiriş şaklini va qulay vaqtini tanlaş imkoniyatiga ega. IELTS kompyuter testlarining yana bir muhim afzalligi — test topşiruvçilar endi test natijalaridan yanada tezroq — 5-7 kalendar kuni içida xabardor böliş imkoniyatiga ega.
IELTS kompyuter testlarining topşiriş darajasi oldingi, qoğoz variantida topşiriş jarayoniga maksimal darajada mos keltirilgan. Kompyuter testlarining hamma jihatlari “an’anaviy” şaroitlardan farq qilmaydi: testlarning mazmunliligi, savollarning turlari, har bir test uçun ajratilgan vaqti, javob beriş variantlari va hokazo. Nomzod xuddi öşa IELTS test topşirganiga amin bölişi mumkin.
Kompyuter orqali test topşiruvçi öqiş (reading), yoziş (writing), eşitiş (listening) test sinovlaridan ötadi. Sözlaş (speaking) testi eski şaklda — bevosita IELTS sertifikatiga ega tajribali mutaxassis bilan suhbat orqali ötkaziladi, çunki bu usul haligaça nomzodning ingliz tili böyiça oğzaki mahoratini anglatuvçi va baholaşning eng samarali mezonidir.

IELTS kompyuter testlarining yana bir muhim va ahamiyatli tomoni — jarayon va ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlaşning öta yuqoriligida. Bundan taşqari, nomzod IELTS kompyuter testlarini topşirişga tayyorgarlik köriş jarayonida maxsus materiallardan foydalanişi mumkin.
Testlar mosligi, qulaylik va osonlik, xavfsizlik — bir söz bilan aytganda IELTS kompyuter testlari jarayoni jahondagi eng yuqori standartlar asosida ötkaziladi. Buni Özbekistonda faoliyat yurituvçi Britaniya Kengaşi ta’minlab berişini kafolat beradi.











