«Benfika» Yevropa Ligasining çorak finalida «Ayntraxt»ga qarşi ilk öyinni öz maydonida ötkazib, 4:2 hisobida ğalaba qozondi. Öyinning asosiy qahramoni – het-trik va bitta assist bilan törtala golda ham iştirok etgan hujumçi Joau Feliş böldi.

Keça lissabonlikning uşbu hujumçisi 19 yoşga tölganidan 152 kun ötgandi. Natijada u Yevropa ligasida tarixida het-trikka erişgan eng yoş futbolçiga aylandi.

Bunga qadar uşbu maqom «Fiorentina» hujumçisi Marko Pyatsaga tegişli edi. U 19 yoş-u 219 kunligida turnirning bitta öyinida uçta gol urgandi.

Feliş, şuningdek, Yevropa ligasida gol urgan eng yoş portugaliyalik futbolçi hamdir. U turnirda haftaning eng yaxşi futbolçisi bölişga asosiy nomzodlardan biri sanalmoqda.

Joau «Portu» tarbiyalanuvçisi hisoblanadi. U portuliklar akademiyasida 7 yil şuğullanib, söng poytaxtga yöl olgan va «Benfika» tarkibiga qöşilgan. Professional futboldagi debyuti şu mavsum boşiga töğri keladi. Hozirga qadar Portugaliya çempionatining 20ta öyinida 10ta gol va 4ta samarali uzatma muallifi böldi.