Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyaning eng boy odami o‘zgardi
Uniqlo kiyim do‘konlari tarmog‘i asoschisi Tadasi Yanai 2019 yilda eng boy yaponlar ro‘yxati yetakchisiga aylandi. U 2 yildan beri yetakchi bo‘lgan, SoftBank asoschisi Masayesi Son o‘rnini egalladi, deb xabar berdi Forbes nashri.
Yanai va uning oilasiga Uniqlo’ga egalik qiluvchi Fast Retailing kompaniyasining 44 foiz aksiyalari tegishli. Yanai boyligini bir yil ichida 5,6 mlrd dollarga ko‘paytirib, 24,9 mlrd dollargacha yetkazgan. 2-o‘ringa tushib ketgan Sonning boyligi SoftBank aksiyalari narxi ko‘tarilganiga qaramay, 2,1 mlrd dollarga ko‘payib, 24 mlrd dollarni tashkil qilgan.
Forbes’ning ta'kidlashicha, 50 nafar eng boy yaponiyalikdan 31 nafarining boyligi 2018 yilga nisbatan kamaygan. Nashr ularning umumiy boyligini joriy yilda 178 mlrd dollarga baholangan, vaholanki bir yil avval bu qiymat 186 mlrd dollarni tashkil qilgan.
Uniqlo’ning ilk do‘koni 1984 yilda Yaponiyada ochilgan. Hozirda kompaniya butun dunyo bo‘ylab 3200dan ko‘proq do‘konga ega.
Mavzuga oid
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026
Dunyodagi eng mashhur 10 ta avtomobil brendi nomi e’lon qilindi
08:33 / 04.06.2026