12 aprel kuni Koreya Respublikasining Axborot jamiyati masalalari böyiça milliy agentligi prezidenti janob Yeng Sik Mun boşçiligidagi delegatsiya rasmiy taşrif bilan Özbekistonga keldi. Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boşqaruvi milliy agentligi (LBMA) matbuot xizmati şu haqida xabar berdi.

Agentlikda Koreya Respublikasi delegatsiyasining Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boşqariş markazi vakillari bilan uçraşuvi taşkil etildi.

Uçraşuv davomida tomonlar Toşkentda may oyida rejalaştirilgan elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot sohasidagi hamkorlik böyiça özbek-koreys markazini oçiş, Agentlik mutaxasislari uçun qisqa va uzoq muddatli öquv kurslarini taşkil etiş, Özbekistonda Elektron hukumatni rivojlantiriş konsepsiyasini işlab çiqiş uçun Koreya mutaxassislarini jalb qiliş hamda ma'lumotlarni qayta işlaş yagona markazini taşkil etişda özaro kömaklaşiş masalalarini muhokama etişdi.

Foto: Loyiha boşqaruvi milliy agentligi

Şu bilan birga, tomonlar Toşkent şahrida özbek-koreys markazining oçilişiga oid masalalarni muvofiqlaştiriş uçun Işçi guruh taşkil etiş töğrisida qöşma qaror qabul qilişdi.

Muhokamalar yakunida Loyiha boşqaruvi milliy agentligi qoşidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boşqariş markazi va Koreya Respublikasining Axborot jamiyati masalalari böyiça milliy agentligi örtasida Anglaşuv memorandumi imzolandi.

Ta'kidlaş joizki, joriy yilning mart oyida Koreya Respublikasining Davlat boşqaruvi va xavfsizligi vaziri örinbosari janob Yun Djong In boşçiligidagi delegatsiyaning Özbekistonga amalga oşirilgan rasmiy taşrifi davomida Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boşqaruvi milliy agentligi va Koreya Respublikasi Davlat boşqaruvi va xavfsizligi vazirligi örtasida özaro anglaşuv memorandum imzolangan edi.

Memorandumning ustuvor yönalişlari sifatida yangi axborot texnologiyalarini joriy etişda hamkorlik qiliş, öquv dasturlarini taşkil etiş, elektron hukumat sohasida tajriba almaşiş, qöşma tadqiqotlar ötkaziş hamda Özbekistonda yagona ma'lumotlar markazini taşkil etişda kömaklaşiş belgilangan edi.