Oğo Xon jamğarmasi Panj daryosi ustidan Tojikiston va Afğonistonni boğlovçi 8-köprikni quradi. Tegişli kelişuv Tojikiston hukumati tomonidan ma'qullangan. Respublikaning transport vazirligiga jamğarma bilan kelişuvni imzolaş vazifasi topşirilgan. 

Loyihaga köra, Xatlon viloyati Farxor tumanining Kokul hududida 180 metrlik köprik quriş rejalaştirilgan. Qurilajak köprik Farxor tumanini Afğonistonning Taxor viloyatidagi Oyxonum hududi bilan boğlaydi. Şuningdek, loyiha doirasida Vose' tumanidan Farxorgaça 50 kmlik avtomobil yöli quriladi.  

Tojikiston va Afğonistonni hozirda 7 ta köprik boğlaydi. Avvalroq Oğo Xon jamğarmasi Toğli Badahşon hududida 5 ta hamda Xatlon viloyatidagi Şamsiddin Şoxin tumanini Afğonistonning Xoxon uyezdi bilan boğlagan yana bir köprik barpo etgan. 

Tojikistonda 1992 yildan beri Oğo Xon taşkiloti faoliyat yuritadi. Taşkilotning bölinmalari respublikaning barça viloyatlarida mavjud bölib, ular infratuzilma, energetika, soğliqni saqlaş, ta'lim va madaniyatni rivojlantiriş dasturlarini amalga oşirib keladi. Taşkilotning yirik loyihalari orasida şuningdek “Pamirenergo” energetik kompaniyasini tiklaş hamda Xitoy va Pokistonga çiquvçi Murğob-Kulma avtomobil yölini quriş bor.