Stratolaunch Systems kompaniyasining ikki fyuzelyajli oltita motorli samolyoti özining birinçi parvozini amalga oşirdi.  

Havo kemasi Los-Anjyeles yaqinidagi aerodromdan havoga kötarilgan.

NASA astrofizigi Tomas Tsurbuxen buni işlab çiqaruvçilar jamoasi uçun tarixiy voqea deb atadi.

Stratolaunch Systems — Amerika aerokosmik kompaniyasi bölib, koinotga yuklar yetkazib beradigan aviatsion-kosmik tizim işlab çiqarişga ixtisoslaşgan. 

Eng katta samolyotning qanotlari uzunligi 117 metr, u oltita Boeing 747 dvigateli bilan jihozlangan. 

Foto: Twitter /thejackbeyer
Foto: Twitter /thejackbeyer
Foto: Twitter /thejackbeyer