15 aprel kuni poytaxtda B2B formatidagi «Tashkent Travel Mart» tadbiriga start berildi, unda BAA, Şveytsariya, Italiya, Gretsiya, Gruziya, Rossiya va boşqa mamlakatlarning turizm sanoati vakillari iştirok etişdi.

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, tadbirni Özbekiston Respublikasi Boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov oçib berdi va uning aynan nodavlat notijorat taşkilot tomonidan taşkil etilgan birinçi tadbir ekaniga urğu berdi.

Foto: Kamil Yenikeyev

“Bugun turizm sohasi biznes aloqalarining yangi formatidamiz. Şunisi diqqatga sazovorki, bunday formatdagi tadbir birinçi marta Xususiy sayyohlik taşkilotlari uyuşmasi (XSTU) taşkilotçiligi ostida ötmoqda. Odatda bunday tadbirlar davlat taşkilotlari yetakçiligida ötkazilar edi, bugun esa, körib turganingizdek, bizning sayyohlik taşkilotlarimiz öz örinlarini mustahkamlab, taşabbuslar bilan çiqişmoqda. Hozirda Özbekistonda turizm sohasi faol rivojlanmoqda: 2017 yilda Özbekistonga taşrif buyurgan xorijiy fuqarolar soni 2,7 million kişini taşkil qilgan bölsa, 2018 yilda ularning umumiy soni 5,4 millionga yaqinlaşdi. Joriy yilning birinçi çoragidayoq, ya'ni odatda sayyohlar oqimi kam mavsum hisoblanuvçi davrda Özbekistonga kelgan xorij fuqarolari soni million nafarga yetdi”, - dedi u. 

Şuningdek, Boş vazir örinbosari, bugun, mamlakatda turizmning köplab yönalişlari rivojlanayotgan bir paytda xorijiy mehmonlarning Özbekistonda özlari uçun yaxşi hamkorlarni topib, öz bizneslarini yanada rivojlantirişlariga umid bildirdi hamda bunda Özbekiston hukumati ularning sa'y-harakatlari va taşabbuslarini har tomonlama qöllab-quvvatlaşga tayyor ekanini ta'kidladi.

Şu bilan birga, tadbirda Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi Abdulaziz Akkulov, Xususiy sayyohlik taşkilotlari uyuşmasi raisi Gulçehra Isroilova va turizm sohasining boşqa vakillari ham qatnaşib, xorijiy hamkorlar bilan muzokaralar olib borişdi.

Foto: Kamil Yenikeyev

«Tashkent Travel Mart» dunyoning turli davlatlari turistik taşkilotlar vakillari örtasida hamkorlik örnatiş va aloqalarni yanada rivojlantiriş uçun möljallangan zamonaviy platformadir. Tadbir formati bir kunda turizm sanoatining köplab vakillari bilan tanişiş, yangi sayyohlik kompaniyalari va taqdim etilayotgan xizmatlar haqida ma'lumotlar oliş imkonini beradi.