Angliya Premer-ligasining 34-turida «Uotford» «Arsenal»ni qabul qildi. Uotforddagi «Vikareyj Roud» stadionida keçgan uçraşuv mehmonlarning 1:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.

Öyinning 10-daqiqasida «Arsenal» hujumçisi Per-Emerik Obameyang öyindagi yagona golga mualliflik qildi. Bu vaziyatda gabonlik hujumçi raqib darvozaboni Ben Fosterni ta'qib qilib, uni xato qilişga majbur etdi.

Bu goldan bir daqiqa ötib uçraşuv boş hakami Kreyg Pouson «Uotford» hujumçisi Troy Diniga Lukas Torreyraga tirsagi bilan zarba bergani uçun töğridan-töğri qizil kartoçka körsatdi va mezbonlar öyinning qolgan qismini bir kişi kam bölib ötkazişdi.

Bu ğalaba evaziga «Arsenal» 66 oçko töplagan holda Angliya çempionati turnir jadvalida «Çelsi»ni quvib ötib, 4-öringa kötarilgan. «Uotford» 46 oçko bilan 10-örinda joylaşgan.

Angliya çempionati 
34-tur
Uotford – Arsenal 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 10 Obameyang.
Uotford – Foster, Yanmat, Kabasele, Ketkart, Mazina (Sema, 86), Femeniya (Saksess, 59), Kapu, Dukure, Xyuz, Dini, Grey.
Arsenal – Leno, Mustafi, Mavropanos (Genduzi, 59), Koselni, Monreal, Torreyra (Özil, 46), Çaka, Mxitaryan, Remzi (Meytlend-Naylz, 68), Ivobi, Obameyang.
Ogohlantirişlar: Kapu (54), Xyuz (86).
Çetlatiş: Dini (11).