28 fevral kuni Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga taşrifi davomida Töraqörğon tumanidagi Axsikent arxeologik yodgorlik majmuasini borib kördi. Arxeologlar muntazam ravişda tadqiqotlar olib borişiga qaramasdan, bu yer ilgari taşlandiq joy edi.
Prezident topşiriğiga muvofiq Axsikent tarixiy yodgorligini asrab-avaylaş va tadqiq etiş, uning haqqoniy tarixini yaratiş böyiça ulkan işlar boşlandi. «Axsikent» arxeologiya merosi obektini muhofaza qiliş va tadqiq etiş direksiyasi» davlat unitar korxonasi taşkil etildi.
Ötgan haftada Kun.uz muxbirlari prezident taşrifidan söng Axsikentda qanday özgarişlar yuz berganini biliş maqsadida bu yerga kelişdi.
Kirişda ulkan yozuv örnatilgan: Axsikent.

Şuningdek, majmua va muzey haqida qisqaça ma'lumot taqdim etilgan.

Tarixiy şaharga kiriş va eksponatlar bilan tanişiş uçun bilet sotib oliş lozim. Bilet kattalar uçun (Özbekiston rezidentlariga) 2 ming söm, maktab öquvçilari uçun ming söm turadi, 7 yoşgaça bölgan bolalar uçun esa kiriş bepul.
Kassir bilan suhbatlaşganimizda u bizga kunlik ma'lumotlarni qayd etib boradigan daftarini körsatdi. Raqamlar hayratlanarli. Muzeyga bolalar, maktab öquvçilari, ularning ota-onalari, oilalar va jamoalar taşrif buyuradi. Kassir ayolning aytişiça, Şavkat Mirziyoyevning taşrifidan söng turistlar oqimi boşlangan.
Birgina muammo – xorijlik turistlarning kamligi.


Oçiq osmon ostidagi muzey dam oliş kunisiz ertalab 9dan keç soat 6gaça işlaydi. Darvoqe, xorijlik turistlar uçun bilet 10 ming söm turadi, gid xizmati 5 ming söm.
Muzeyga yetib boriş uçun turistlar zinali yölakdan yurişlari kerak.











































