Xalqimizda “öt balosidan asrasin” deb duo qilinişi bejizga emas. Yonğinlar hamişa kutilmaganda bölgan va ulkan talofatlar keltirgan. Parijdagi butun dunyoga maşhur Notr-Dam-de-Pari – Muqaddas ona çerkovida yuz bergan yonğin sabab tarixda yuz bergan va osori-atiqalarga qattiq ziyon yetkazgan yoki kultepaga aylantirgan ulkan yonğinlarni yodga olamiz.

Buyuk Rim yonğini

Bu qadimiy va muazzam şahar 64 yilda uzluksiz 5 kun yondi. Yonğin ataylab uyuştirilgani taxmin qilindi va imperator Neron şaharda ulkan qasr quriş niyatida ekanligi yoki xristianlar fitnasi deb qaraldi. Ulkan yonğin natijasida Rimning 14 tumanidan 10tasi butunlay yonib ketdi. Imperator Neron çindan ham oçilgan maydon örniga serhaşam qasr qurdi, ammo undan köp foydalana olmadi, hokimiyatdan çetlatildi.

Artemida yonğini – Gerostrat qilmişi

Tarixdagi barça yonğinlar ham baxsiz hodisa yoki duşmanlar hujumi tufayli yuz bermagan. Miloddan avvalgi 356 yilda Efes şahrida yaşab ötgan Gerostrat ismli şaxs tarixda öz nomini muhrlab qöyiş uçun çora izlaydi va eng oson hamda qabih yölni tanlaydi – muqaddas Artemida ibodatxonasini yoqib yuboradi. Uni tutganlarida “men qildim, buni men qildim” deya hayqiradi. Sudda u öz aybini yana bir bor tan olib, buni tarixga kiriş va avlodlar eslab yurişi uçun qilganini aytadi. Sud Gerostratni öziga xos jazo – unutilişga hukm qiladi. Ammo aybdor jazolarga qaramay maqsadiga erişadi, tarixga muhr etiladi. Hozirga qadar ham bema'ni qilmişlar Gerostrat qiliğiga mengzaladi.

London, 1212 va 1666 yillar

Angliya dunyo böylab çeksiz hududlarni egallaganiga qaramay öz poytaxtida yer hamişa tanqis bölgan va binolar juda ziç qurilgan. 1212 yildagi yonğin haqida köp ma'lumotlar saqlanmagan, lekin şunisi aniqki şaharning törtdan uç qismi yonib ketgan va 3 mingdan ortiq inson nobud bölgan.