Moliya vazirligi va DSQning qöşma qarori bilan Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Soliq tölovçilar va davlat soliq xizmati organlari örtasidagi soliq nizolarini sudgaça hal qiliş kengaşi tomonidan soliq nizolarini körib çiqiş reglamenti tasdiqlandi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.
Eslatib ötamiz, Kengaş soliq tölovçilar va soliq organlari örtasida yuzaga keladigan nizolarni körib çiqiş hamda soliq töğrisidagi qonun hujjatlarini qöllaşda nizoli masalalar yuzasidan xulosalar çiqariş uçun taşkil etilgan. Bunda DSQning Soliq nizolarini sudgaça hal qiliş boşqarmasi tomonidan avval körib çiqilgan, u arizaçini qoniqtirmagan yoki qisman qoniqtirgan nizolargina qabul qilinadi.
Kengaş soliq soliş obektlarini aniqlaş, soliq solinadigan bazani hisoblaş, soliq stavkalari va soliq imtiyozlarini qöllaş bilan boğliq kelişmovçiliklarni körib çiqişi mumkin.
QHTBT portalida Soliq nizolarini sudgaça körib çiqiş mexanizmini belgilovçi reglament loyihasi muhokama qilingan edi.
Hujjatning tasdiqlangan tahririda arizaga ilova qilinadigan hujjatlar röyxati sezilarli darajada: 6 tadan 2 tagaça qisqargan. Şu tariqa, tasdiqlangan şakldagi ariza bilan birga Kengaşga quyidagi hujjatlarning nusxalarini taqdim etiş zarur:
• soliq tölovçini qoniqtirmagan yoki qisman qoniqtirgan Soliq nizolarini sudgaça hal qiliş boşqarmasi xulosasi;
• ariza soliq agenti yoki vakil tomonidan taqdim etilganda ularning vakolatini tasdiqlovçi hujjat.
Arizaçi öz xohişiga köra soliq nizosi masalasiga aloqador bölgan boşqa hujjatlarning nusxalarini ham ilova qilişi mumkin.
Hujjatlarni örganiş, soliq nizosining özini körib çiqiş tartib-taomili, uning muddatlari özgartirişlarsiz tasdiqlangan.
Şu bilan birga, qabul qilingan hujjat bilan Kengaş majlislarini ötkaziş davriyligi bir oyda kamida 1 marotaba örniga 2 marotaba etib belgilangan, körib çiqilgan nizo böyiça Kengaşning xulosasini taraflarga yuboriş muddati esa tasdiqlangan paytdan boşlab 1 iş kunigaça qisqartirilgan (loyihaga köra – 2 iş kuni mobaynida).
Hujjat 12.04.2019 yildan kuçga kirdi.












