Maktab öqituvçilari va öquvçilarini majburiy mehnatga jalb qilgan direktor ma'muriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, Andijon viloyati Izboskan tumanidagi 7-sonli maktab öqituvçilari va öquvçilarining majburiy mehnatga jalb qilinganligi holati Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan tekşirilgan.
Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan ötkazilgan tekşiruv natijalariga köra majburiy mehnat holati tasdiqlangan.


Andijon viloyati Izboskan tumani 7-sonli maktab direktori A.U. Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksning 51-moddasi böyiça ma'muriy javobgarlikka va EKOIHning 3 barobari miqdorida jarimaga tortilgan.
«Agar majburiy mehnat holatlariga duç kelsangiz, 71-200-06-00 telefon raqamlari yoki @mehnathuquqbot telegram boti orqali bizlarga xabar bering», - deyiladi xabarda.
Ma'lumot uçun: MJtK, 51-modda. Mehnatga ma'muriy tarzda majburlov. Qonunda nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, mehnatga biron bir şaklda ma'muriy tarzda majburlaş — eng kam iş haqining bir baravaridan uç baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.













