Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Bozorqo‘mlar ishi» bo‘yicha yangi ma'lumot: ish boshqa sudyaning yurituviga o‘tkazilgan

Foto: RIA Novosti
Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining ish yurituviga jami 23 shaxsga nisbatan jinoyat ishi kelib tushgan. Bular Toshkent shahrida joylashgan bir necha bozorlarda faoliyat yuritgan sobiq mansabdor shaxslar.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining raisi Baxtiyor Islomovning so‘zlariga ko‘ra, ular dastlabki tergov organlari tomonidan jinoyat kodeksining quyidagi moddalari bilan ayblangan:
o‘zganing o‘ziga ishonib topshirilgan mulkini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-taroj qilish;
soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlash;
savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish;
mansab vakolatini suiiste'mol qilish;
xizmat soxtakorligi;
pora olish.
Bu ish joriy yilning 13 martida JIB Toshkent shahar sudi sudyasi Sarvar Karimovning ish yurituvida boshlangan. Lekin vaqt o‘tgach, mazkur sudya boshqa davlat xizmatiga o‘tkazilgan. Sarvar Karimovning sudyalar oliy kengashi a'zosi etib tayinlangani munosabati bilan ushbu ish boshqa sudyaning yurituviga o‘tkazib berilgan.
Hozirga qadar 3 ta sud jarayoni o‘tkazilgan. Joriy yilning 28 martida ikki nafar ayblanuvchining vakillari tomonidan sudga iltimosnoma kiritildi. Iltimosnomada dastlabki tergov tomonidan davlatga nisbatan yetkazilgan moddiy zarar to‘liq qoplangani sababli ularning ehtiyot chorasini sud tergovi vaqtida boshqa yengilroq ehtiyot chorasiga almashtirish so‘ralgan. Bu iltimosnoma sud tomonidan ko‘rib chiqilib, qanoatlantirilgan. Ikki nafar sudlanuvchiga nisbatan yengilroq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Bundan oldin, Toshkentda qo‘lga olingan yirik bozorlar rahbarlari ishi bo‘yicha sud davom etayotgani xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hisoblagichlarni qiyoslashdan o‘tkazish sohasiga xususiy sektor jalb qilinadi
O‘zbekiston | 09:47
-
Rossiya Axios'ning Putinning Eron bo‘yicha pozitsiyasi haqidagi ma’lumotini rad etdi
Jahon | 09:45
-
Xorijiy fuqarolarni texnikumlarga o‘qishga qabul qilish jarayoni soddalashtiriladi
O‘zbekiston | 09:41
-
YeI AQShga qarshi javob bojlarini joriy etishni 1 avgustga qoldirdi
Jahon | 09:39
Mavzuga oid

23:38 / 14.07.2025
Toshkent shahri prokurori Prezident administratsiyasi Komplayens xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi

21:42 / 14.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

14:34 / 14.07.2025
Toshkent va Namanganda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi

13:11 / 14.07.2025