Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida poytaxtdagi qator bozorlar rahbarlariga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Kun.uz’ga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, sudlanuvchilar R. Abdumajitov (Toshkent shahar savdo va ishlab chiqarish departamenti boshlig‘i lavozimida ishlagan), R. Rasulov («Toshkent oziq-ovqat zaxirasi» DK direktori lavozimida ishlagan), D. Orifjonov («Iste'molda bo‘lgan transport vositalari va ehtiyot qismlari Sergeli bozori» MChJ direktori lavozimida ishlagan), D. Tillaxo‘jayev (“Navro‘z davlat qabullar uyi” DK direktori lavozimida ishlagan), O. Mustayev («Yunusobod dehqon bozori» AJ direktori lavozimida ishlagan), B. Yusupov («Yunusobod dehqon bozori» AJ direktori lavozimida ishlagan), D. Muratov («O‘rikzor savdo kompleksi» MChJ direktori lavozimida ishlagan), B. Abdumajitov («Poytaxt Nastarin Gullari» MChJ ta'sischisi), F. Mirhaydarov (Toshkent shahar hokimligi Binolardan foydalanish departamenti boshlig‘i lavozimida ishlagan), I. Sobirov («Chorsu buyum savdo kompleksi» AJ direktori lavozimida ishlagan), A. Odilov («Chilonzor buyum savdo kompleksi» AJning yuk saqlash omborxonasida nazoratchi-kassir lavozimida ishlagan), Sh. Tursunov («Chilonzor buyum savdo kompleksi» AJning shartnoma va nazorat bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan), O. Masharipov («Eski Juva dexqon bozori» AJ direktori lavozimida ishlagan), D. Mirtojiyev («Chilonzor buyum savdo kompleksi» AJ direktori lavozimida ishlagan), B. Toshmatov («Bek to‘pi savdo kompleksi» MChJ direktori lavozimida ishlagan), S. Jamolov («Chilonzor buyum savdo kompleksi» AJning yuk saqlash omborxonasi brigadiri lavozimida ishlagan), B. Rixsiboyev («Manzur Guzari» MChJ rahbari), M. Sultonov («Toshkent Tantana Servis» MChJ direktori lavozimida ishlagan), M. Mo‘minov («Toshkent Sayohat Servis» MChJ direktori), F. Ahmadjonov («Imkon Agro» MChJ direktori), A. Usmonov (vaqtincha ishsiz) va Z. Avazov (vaqtincha ishsiz)ga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha ochiq sud o‘z ishini boshladi.
Mazkur jinoiy ish jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi sudyasi Sarvar Karimov raisligida hamda xalq maslahatchilari A. Nishonov va M. Mirag‘zamovdan iborat sud tarkibida ko‘rib chiqilmoqda.
Sudlanuvchilar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165- (tovlamachilik), 167- (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 168- (firibgarlik), 184- (soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash), 189- (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish), 192-1 (xususiy mulk huquqini buzish), 205- (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qilish), 208- (hokimiyat harakatsizligi), 209- (mansab soxtakorligi), 210- (pora olish), 228- (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish), 243- (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) va boshqa moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqdalar.
















