Samarqand şahridagi harbiy qismlardan birida Markaziy harbiy okrugi, Termiz şahrida esa Janubi-ğarbiy maxsus harbiy okrugi serjantlari forumi bölib ötdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Şu munosabat bilan ötkazilgan tadbirda Özbekiston Mudofaa vazirligi mas'ul ofitserlari, serjantlar, davlat va jamoat taşkilotlari vakillari qatnaşib, serjantlar tarkibining xizmat jarayonidagi ijtimoiy-maişiy va boşqa turdagi muammolarini örganiş hamda ularni bartaraf etiş böyiça çora-tadbirlar muhokama qilindi. 

“Tadbirlar davomida Kiçik komandirlarga milliy armiyamizni yanada isloh etiş va rivojlantirişga oid normativ-huquqiy hujjatlar talablari hamda ustuvor vazifalarni mazmun mohiyatini yetkaziş, bölinmada jangovar tayyorgarlik hisobini yuritiş tartibi, şuningdek, jinoyatçilik va harbiy intizomni mustahkamlaşda serjantlar tarkibining tutgan örni va roli böyiça vazifalarini yetkazişga e'tibor qaratildi”, deyiladi xabarda. 

Termizda forumning birinçi kunida turli maşğulotlar, savol-javob tarzida uçraşuvlar ötkazilib, barça qatnaşçilarning fikr-mulohazalari tinglandi.

Ikinçi kuni esa, kompyuterlaştirilgan trenajyorlardan foydalangan holda otiş maşqlari, psixologik çidamlilik tösiqlarini yengib ötiş, şaxsiy tarkib kundalik faoliyatini ta'minlaş va omon koliş omillari böyiça poligonda amaliy maşğulotlar ötkazildi. Forum yakunida harbiy xizmatçilar madaniy tadbirlarda iştirok etdi.

Şuningdek, bu kabi Serjantlar forumi Toifalangan obektlarni qöriqlaş qöşinlari qömondonligida ham bölib ötdi.