AQŞning NASA koinot agentligi öz astronavti Kristina Koxni Xalqaro koinot stansiyasida 2020 yil fevraligaça qoldirişga qaror qildi. NASA buni e'lon qilgaç, Kox orbitada uzluksiz qoliş böyiça ayollar orasida rekordçiga aylanişini qayd qilib ötgan. Astronavtning XKSga missiyasi endi 328 kun davom etadi. Ayni vaqtda bu boradagi rekord amerikalik Peggi Uitsonga tegişli: u orbitada 288 kun qolgan.
“XKSga 14 mart kuni kelgan Kox orbitada 2020 yil fevraligaça qoladi va koinot parvozi davomiyligi böyiça ayollar örtasida rekord örnatadi”, deyilgan xabarda.
Koxning özi esa bu xabarga “Bir oy ortda qoldi. Yana 10 oy bor. Bu koinotni zabt etişga har kun öz uluşingni qöşişga imkondir”, deb izoh bergan.
NASA rahbari Jim Braydenstayn Koxni rekord örnatiş imkoniyati bilan tabriklagan.
40 yoşli Kox XKSga 14 mart kuni “Soyuz MS-12” kemasida parvoz qilgan. Bu uning orbitaga birinçi parvozi bölib, u dekabrda 59-ekspeditsiyaning qolgan a'zolari bilan Yerga qaytişi kerak edi. NASA’ning yangi rejasiga köra Kox stansiyada yana 2 oy qoladi va Yerga 61-ekspeditsiya a'zolari bilan birga qaytadi.

















