Özbekistonda iş stajini sotib oliş imkoni taqdim etilişi kutilmoqda, çeklov muddati - 5 yilgaça. Kun.uz muxbiri 18 aprel kuni “Pensiya tizimi islohoti va xorijiy davlatlar tajribasi” xalqaro darajadagi konferensiyasi doirasida Moliya vaziri örinbosari Yorqin Tursunovdan yangi Konsepsiya böyiça olingan ma'lumotlarga asoslanib, şu haqida xabar berdi.
“Yangi Konsepsiyada şunday taklif bildirilganki, unga köra, 5 yilgaça bölgan iş stajini sotib oliş imkoni böladi. Masalan, bizda hozir talab qilinadigan iş staji ayollar uçun – 20 yil, erkaklar uçun – 25 yil. Aytaylik, qaysidir sabablarga köra, iş staji erkaklarda 22 yoki 23 yil bölişi mumkin, bu esa töliq pensiya oliş imkoni yöq degani. Bunday holatlarda yetişmaydigan 2 yoki 3 yil iş stajini ma'lum bir miqdordagi Pensiya jamğarmasiga badalni tölab, sotib oliş imkoniyatini ham beriş közda tutilgan. Şunda fuqaro töliq pensiya oliş imkoniga ega böladi”, - deydi Yorqin Tursunov.
Yangi Konsepsiyaga köra, ayollar farzand tarbiyasi bilan band bölgan davrda ham iş stajiga ega bölişi mumkin: agar ayol kişi farzand parvarişi bilan band bölib, işlaşga imkoniyati bölmasa, uning turmuş örtoği pensiya jamğarmasiga ma'lum bir miqdordagi badalni tölab borib, ayoli uçun ham iş stajini hisoblatişi mumkin.
Yana bir imkoniyatlardan biri ayollar uçun muhim - ularning staji 20 yildan oşgandan keyin har yili uçun yana 1 foizdan qöşib beriladi.
Ta'kidlaş joizki, 18-20 aprel kunlari Toşkentda Xalqaro pensiya va ijtimoiy fondlar assotsiatsiyasi va Özbekiston Respublikasi budjetdan taşqari pensiya jamğarmasi tomonidan taşkil etilgan “Pensiya tizimi islohoti va xorijiy davlatlar tajribasi” mavzusidagi xalqaro konferensiya bölib ötmoqda. Bu Özbekistonda ötkazilayotgan birinçi şunday tadbir hisoblanadi. Unda Armaniston, Belarus, Gruziya, Qozoğiston, Qirğiziston, Moldova, Tojikiston mamlakatlarining pensiya va ijtimoiy fondlari rahbarlari iştirok etişmoqda.












