Boş prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori Botir Qudratxodjayev Samarqand viloyatida sayyor qabullarni olib bormoqda.
Bugun byuroning Samarqand viloyat boşqarmasida Samarqand şahri, Samarqand, Tayloq, Urgut, Jomboy, Bulunğur, Payariq va Oqdaryo tumanlari aholisi uçun sayyor qabul ötkazildi.

Unda fuqarolarni qiynayotgan muammolari tinglanib, ularni joyida bartaraf etiş çoralari körildi.
Fuqaro A.Usmonov Samarqand şahar elektr ta'minoti korxonasi Siyob filiali tomonidan unga nisbatan hisoblangan asossiz qarzdorlik masalasidan şikoyat qildi. Muammo bartaraf etildi. Yana bir fuqaro S.Faxriyeva farzandi uçun aliment undiriş masalasidagi murojaati ijobiy hal etildi. Qabulda ana şu kabi 22 nafar fuqarolar va yuridik şaxslarning murojaati qabul qilinib, yeçim topildi.

Byuro direktori B.B.Qudratxodjayevning Samarqand viloyatiga taşrifi çoğidagi keyingi sayyor qabul ertaga – 18 aprel kuni Kattaqörğon şahrida davom etadi.












