18:45 / 18.04.2019
17623
Reklama

Samsung kompaniyasi raisining o‘rinbosari Yun Bu Kyun Artel zavodiga tashrif buyurdi

Foto: Artel

Joriy yilning 18-aprel kuni Samsung kompaniyasi raisining o‘rinbosari Yun Bu Kyun Artel zavodiga tashrif buyurdi.

Rais o‘rinbosari Yun Bu Kyun O‘zbekistonga Janubiy Koreya Prezidenti Mun Chje In boshchiligida bo‘lgan delegatsiya tarkibida tashrif buyurdi. Delegatsiyaning O‘zbekistonga yetib kelishidan maqsadi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik va gumanitar sohalardagi amaliy hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qilish, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashishdir.

Birinchi kundayoq Samsung kompaniyasi raisining o‘rinbosari Yun Bu Kyun Artel zavodini ko‘zdan kechirdi va Artel kompaniyasining rahbarlari bilan uchrashdi.

Artel kompaniyasi O‘rta Osiyoninig eng yirik maishiy texnika va elektronika ishlab chiqaruvchi korxonasi hisoblanadi. Artel 2011-yildan beri Koreyaning eng yirik maishiy texnika ishlab chiqaruvchi korxonalaridan biri bo‘lgan Samsung kompaniyasi bilan faol hamkorlik qilmoqda.

Ushbu hamkorlik doirasida Artel kompaniyasi Samsung korxonasiga oid bo‘lgan kir yuvish mashinasi, changyutgich, sovutgich, televizor, konditsioner, hamda mikroto‘lqinli pech kabi maishiy texnikalarni ishlab chiqarmoqda.

Olib borilgan muzokaralar davomida tomonlar Samsung mahsulotlarinining MDH davlatlariga eksport miqdorini 5 yil davomida 4 martaga ko‘paytirishga kelishishdi.

Aytish lozimki, joriy yilning boshidan Artel kompaniyasida Samsung televizorlarining yangi 9 modelininig ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan. Bundan tashqari joriy yilning sentabr oyiga changyutgichlarning 6 yangi modellari, 2 inverter konditsionerlari, hajmi 8 kilodan oshiq bo‘lgan avtomat kir yuvish mashinalari, hamda RT 35 sovutgichlarining modellar qatorini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Ishlab chiqarish jarayonlarining mukammalligi, mahsulotlarning yuqori sifatga egaligi zavodga tashrif buyurgan mehmonlarni hayratlantirdi. Martabali mehmonlar Artel zavodini katta qiziqish bilan o‘rganib chiqishdi va ishlab chiqarishning turli bosqichlari bilan yaqindan tanishishdi.

Ushbu hamkorlik O‘zbekiston Respublikasida yuqori texnologiyalar rivojiga hamda yurtimiz iqtisodiyotining taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shishi tabiiydir.

Reklama huquqi asosida

Top