Joriy yilning 17 aprel kuni Toşkent şahar sudlari raislarining 2019 yilning 1-çoragida odil sudlovni amalga oşiriş borasidagi faoliyati yakunlari yuzasidan brifingi bölib ötdi.
Sud raislarining axboroti tinglanganidan söng, jamoatçilikni qiziqtirgan savollar yuzasidan savol-javoblar bölib ötdi. Jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudining raisi Baxtiyor Islomov sobiq boş prokuror Raşid Qodirov yuzasidan berilgan savollarga javob berdi.

«Sobiq boş prokuror işi doirasida 13 nafar şaxsga ayblov e'lon qilingan va sud tergovi davom etmoqda. Sudlanuvçilarga dastlabki tergov organlari tomonidan firibgarlik, pora oliş, pora beriş, aybsiz insonni javobgarlikka tortiş, tergov va sud işlariga aralaşiş holatlari va boşqa jinoyat kodeksi moddalari yuzasidan ayblovlar qöyilgan.
Hozirgi kunda mazkur jinoyat işi jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudi sudyasi yurituvida yopiq sud majlisida körilmoqda. Jinoyat işi öta murakkab, qaltis va köp voqeali bölganligi bois jinoyat işini sudda köriş muddati kodeksga muvofiq 4 oygaça uzaytirilgan. Sud tarafidan qonun buzilişi holatlari kuzatilmagan.
Söroq qilinişi lozim bölgan insonlar va tekşirilişi lozim bölgan holatlar ham juda köp. Şu sababli sud tergovi hanuz davom etmoqda. Sud tergovi yakuni böyiça qonuniy qaror qabul qilinadi va vaqti kelgaç, hukm ommaviy axborot vositalarida e'lon qilinadi», - dedi Baxtiyor Islomov.











