13 aprel kuni Toşkentda ADWEEK marketing va reklama haftaligi yakuniga yetdi, Ucell unda VIP-hamkor sifatida iştirok etdi.

«Milliy marketing markazi» korxonalar uyuşmasi «Özbekiston Respublikasi Xususiylaştirilgan korxonalarga kömaklaşiş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasi» kömagida Rossiya, Ukraina, Belarus, Qozoğiston va Qirğizistondan xorijiy spikerlarni taklif etib, tom ma'noda keng kölamli va muhim tadbir taşkillaştirdi. Biznesda, marketingda va reklamada xorijiy tajriba milliy voqeliklar bilan yonma-yon bölib, Özbekistonda biznes yuritişning mavjud mexanizmlariga foydali yangi jihatlarni joriy etişning potensial imkoniyatini yaratdi.

An'anaga köra, haftalik bir neça tadbirlarni öz içiga oldi:

  • Marketing va reklama sohasidagi yetakçi kompaniyalar körgazmasi;
  • Köpçilik iştirokçilar uçun eng muhim bölgan «Yil brendi» marosimi: unda 2018 yilda marketing sohasidagi yuksalişlari bilan ajralib turgan kompaniyalar mukofotlandi;
  • Ilhombaxş ABC Show tadbiri – jahonning yetakçi 45 festivali ğoliblari bölgan eng köp taqdirlanuvçi videoroliklar töplami;
  • Birinçi TAF – Toşkent reklama festivali: unda xalqaro darajadagi ekspertlar eng yaxşi reklama loyihalarini baholaşdi.

«COSCOM» MÇJ kompaniyasi Ucell brendi ostida uşbu haftalikning VIP-hamkori bölib, mazkur muhim tadbirni faol qöllab-quvvatladi. Körgazmada Ucell brendini tamsil etuvçi U-suf roboti taşrif buyuruvçilarga haftalik haqidagi ma'lumotlarni yetkazib turdi, raqslar bilan ularning köngillarini çoğ qildi va birgalikdagi fotosessiyalarda qatnaşdi. Bundan taşqari, Ucell mazkur tadbirni yoritişda ham faol qatnaşdi va boşqa kompaniyalar qatori, haftalik iştirokçilarini biznes-esdaliklar bilan mukofotladi.