Şu kunlarda Buxoro viloyatining Kogon tumanidagi Bahouddin Naqşband ziyoratgohidagi qurigan daraxtni muqaddas sanab, uni tavof qiliş va undan hojatini söraş kabi şirk amallar aks etgan videolavha ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari örtasida keng muhokamalarga sabab bölmoqda.

Özbekiston musulmonlari idorasi mazkur videolavha va ziyoratgohlardagi şirk amallardan saqlaniş borasida öz munosabatini bildirdi. Munosabat idoraning rasmiy muslim.uz portalida e'lon qilingan.
«Özbekiston musulmonlari idorasi tomonidan ziyoratgohlardagi şirk amallardan saqlaniş borasida aniq körsatma va fatvolar e'lon qilingan.
Darhaqiqat, Islom – tavhidga asoslangan din. Alloh taoloning yagonaligi, barça yaxşilik va yomonlik faqat Uning irodasi bilan bölişiga imon keltiriş imonning asosiy şarti hisoblanadi.
Musulmon kişi özining imon-e'tiqodiga asosan barça hojatlarini faqat Alloh taolodan söraşi va Uning Özigagina ibodat qilişi şart. Alloh taolo bu haqda şunday deydi:
“...Bas, kimki Parvardigori bilan muloqotda bölişdan umidvor bölsa, u holda ezgu amal qilsin va Parvardigoriga ibodat qilişda heç kimni (Unga) şerik qilmasin!” (Kahf, 110).
Alloh taolo hojatni yolğiz Özidan söraş kerakligini ana şu va boşqa köplab oyati karimalarida oçiq-oydin ma'lum qilgan. Hazrati Payğambarimiz sollallohu alayhi va sallam va U zotning merosxörlari bölgan ulamolar inson ehtiyojini faqat Alloh taolodan söraş lozimligi haqida ta'limot berganlar. Afsuski, köp yillardan beri ayrim kişilar bilimsizligi deysizmi, johilligi sabab bölibmi, Buxoro viloyatining Kogon tumanidagi Bahouddin Naqşband hazratlari ziyoratgohi hududidagi qurigan daraxtni muqaddas sanab, uni tavof qiliş va undan hojatini söraş kabi şirk amallarni qilib kelmoqdalar.
Qur'oni karimda:
“Albatta, Alloh öziga (biror narsa) şerik qilinişini keçirmaydi. Bundan özga (gunohlar)ni (Özi) xohlagan kişilar uçun keçirgay. Kimda-kim Allohga şirk keltirsa, demak, u (töğri yöldan) juda uzoqqa adaşibdi” (Niso, 116).










