Janubiy Afrika Respublikasida cherkov qulashi oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi, 16 kishi jarohat oldi. Fojia Kvazulu-Natal viloyatida yuz bergan, deb xabar berdi “Sinxua” axborot agentligi. 

Barcha jabrlanganlar shifoxonaga yetkazilgan, ulardan 6 nafarining ahvoli og‘ir.

Voqea joyida qutqaruvchilar ish olib bormoqda. Ular vayronalar ostida odamlar bo‘lishi mumkinligini istisno qilishmayapti.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, cherkov qulashiga poydevorining ko‘p kunlik yomg‘ir oqibatida yemirilishi sabab bo‘lgan.