Liberiya prezidenti Jorj Vea özining iş joyiga binoda ilonlar borligi sababli tuşa olmadi. Bu haqda 19 aprelda Associated Press axborot agentligi xabar berdi.
Xodimlar Veaning işçi kabineti joylaşgan Liberiya taşqi işlar vazirligi binosining 1-qavatida ikkita qora ilonni payqab qolişgan.
Şu sababli binoni “barça sudralib yuruvçilardan tozalaş” işlari olib borilgan.
Mahalliy OAVning ma'lum qilişiça, aprel boşida ham binoda şunday tozalaş işlari olib borilgan. Prezident ma'muriyatida ilonlar binoga qanday qilib kirib qolayotganini aniqlaşga va'da berilgan.
Taniqli sobiq futbolçi Jorj Vea 2018 yil yanvardan Liberiya prezidenti lavozimini egallab keladi. U öz vaqtida “PSJ”, “Milan”, “Çelsi”, “Mançester Siti” kabi nomdor klublarda töp surgan. 1995 yilda FIFA versiyasi böyiça yil öyinçisi, Yevropaning eng yaxşi futbolçisi (Oltin töp) va Afrikaning yil öyinçisi deb topilgan.













